Yunus-xon maqbarasi

  • 29 Iyun, 2015
  •   0
  • 0
  • 13072

Yunusxon maqbarasi — Toshkentdagi me’moriy yodgorlik (XV asr); Islom universiteti hududida joylashgan. Toshkent hokimi Yunusxon vafoti (1487)dan so‘ng Shayxontohur qabristonida Yunusxonning o‘g‘li Ahmadxon (Olachaxon) tomonidan qurdirilgan deb taxmin etiladi, qurilish keyingi davrlarda ham davom ettirilgan. Maqbara to‘rtburchak tarhli (21,2x22 m), peshtoqgumbazli, katta xona (7x7 m), ikki yonida qo‘sh qavatli hujralardan iborat. Binoning tashqi gumbazi, peshtoq ravog‘i (XIX-asr da) buzilib ketgan, bezaklari saklanmagan, bino bir necha marta ta’mirlangan. Xonaqohning ichki qismiga ganchkori naqshlar, muqarnaslar ishlangan. 1970yillarning oxirida Yunusxon maqbarasining vayron bo‘lgan qismlari tiklandi; 1999—2005 yillarda ta’mirlandi.

 

 


Manba: http://turizm.kasaba.uz/uz/sights_of_uzbekistan/sights_of_tashkent/108

Galereya