Sayt haqida

O‘zbekiston - juda boy tarix va madaniyatga ega ko‘p millatli mamlakatdir. Qadimiy madrasa va masjidlar, minorat va peshtoqlar o‘zining jozibadorligi va hashamatliligi bilan barchani hayratga soladi. Ko‘plab madaniyatlarning uyg‘unlashgani tufayli, mamlakatimizning har bir burchagida qiziqarli ob‘yektlar - ziyoratgoh joylar, tarixiy va arxeologik yodgorliklar va albatta o‘ziga xos marosim va urf-odatlar topiladi. Ularning ko‘pchiligi davlat himoyasi ostida bo‘lib, ular orasida hattoki YuNESKO jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiruvchi ob‘yektlar ham o‘rin olgan. Misol uchun, Ichan - qal’a, Samarqandning tarixiy markazi, Askiya san’ati, Shoshmaqom va boshqalar. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 10 000 dan ortiq ob‘yektlar ro‘yxatga olingan bo‘lib, O‘zbekistonning mustaqillik yillari davomida ulardan 1 000 dan ortig‘i qayta ta’mirlangan va tashrif uchun ochiq hisoblanadi. Hali hisobga olinmagan va ro‘yxatga kiritilmagan ob‘yektlar soni esa bir qancha.

Bizning barcha madaniy meroslarimizni, - arxitekturva va arxeologik yodgorliklardan boshlab, tabiat mo‘’jizalari va urf-odatlargacha bitta umumiy bazada umumlashtirish maqsadida ZiyoNET tarmog‘i RM tomonidan Meros.uz sayti ishlab chiqildi. “O‘zbekistonning yetti mo’jizasi” Aktsiyasi.

Mamlakatning madaniy merosi haqidagi ma’lumotlarni keng ommaga tarqatish va uni kelajak avlodga yetkazish bo‘yicha O‘zbekiston tarixiga o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan xohlovchilar tomonidan nomzodlar ro‘yxati va O‘zbekistonning asosiy yodgorliklarining yakuniy Yettiligi shaklantiriladi.

Meros.uz va “O‘zbekistonning yetti mo‘’jizasi” Aktsiyasi turistlar orasida bizning diqqatga sazovor joylarimizni yanada mashhur qilishga hamda xalqaro va mahalliy turizm uchun O‘zbekistonning turli hududlari jozibadorligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek, eng muhimi, yoshlar orasida mamlakatimizning boy madaniy merosi mashhurligini oshiradi.