Xotinmasjid

  • 19 Noyabr, 2015
  •   2
  • 0
  • 8974

Xotinmasjid Toshkentdagi eng qadimiy masjid bo‘lib, shaharning Sebzor dahasi Eski Juva mavzesida joylashgan. Inshootning qurilgan sanasi, kimning tashabbusi bilan qurilganligi hech qanday yozma manbaada keltirilmagan. Yangi ma’lumotlarga o‘tishdan avval masjid tarixi bilan bog‘liq tadqiqot natijalari tahlilini ko‘rib chiqish mumkin. Shunday qilib, inshoot bilan bog‘liq ayrim faktlar N.I.Frenkel, M.E.Masson, V.A.Mankovskiy, L.Yu.Bulatov hamda V.T.Boriskin boshchiligidagi ilmiy tekshiruvchilar guruhi xulosalarida ko‘rish mumkin. 

A.Urunbayev va O.Buriyev kabi olimlar mahalliy muallif Muhammad Solih xojaning «Tarix-i jadida-i Toshkand» asaridan Xotinmasjid XIX  asrda Urazalibayev degan odam tomonidan qayta tiklangan degan ma’lumotni topishgan. 

Masjidning tarixiga keladigan bo‘lsak, 1932 yil Taxtapul ko‘chasining kengayishi munosabati bilan masjid Shayx Xovand Toxur mozori maydoniga ko‘chirilganligi katta e’tiborga loyiq. Xotinmasjid ahvolini tekshirgan M.E.Masson ushbu yodgorlik noyob me’moriy namuna ekanligini qayd etadi. N.I.Frenkel tavsifiga ko‘ra, 1953 yil olim tomonidan olib borilgan tekshiruvlarga ko‘ra masjidning umumiy maydoni 20,0x12,0=240,0 kv m. ni ko‘rsatadi. Garchi, 1948 yil mazkur obekt davlat tasarrufida bo‘lgan bo‘lsa-da, bu — masjiddan turli xil maqsadlarda foydalanishda xalaqit bermagan. Xususan, inshoot uzoq yilar davomida choyxona, shaxmat klubi va kutubxona o‘rnida xizmat qilgan. Nihoyat, 1967 yili bino umuman buzib tashlangan. Biroq eski va yangi joylardagi masjid tashqi ko‘rinishining ba’zi qismlari o‘sha vaqtda olingan suratlar orqali bizgacha yetib kelgan. Masalan, 1909 yil Eski Juva surati olingan tasvir “Tarixiy Toshkent. XIX - XX asrlar surati” albomiga kiritilgan.

Xotinmasjid masjiti bilan bog‘liq barcha ma’lumot ilmiy-ommabop nashrlarda, asosan, yuqorida keltirilgan faktlar asosida bayon qilinadi. 

Olimlar Xotinmasjid shaharning eng noyob va qadimiy yodgorliklaridan biri ekanligi kabi tarixiy yozma manbaalar bayonnomasiga o‘z e’tiborlarini qaratishgan, biroq hozirgi kungacha XIX asrning 80-yillariga tegishli «Tarix-i jadida-i Toshkand» asaridan boshqa ilmiy manbaalarda u haqda hech qanday ma’lumot yo‘q. 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi fondi tomonidan olib borilgan ilmiy tekshiruvlar vaqti 1248 / mart-aprel 1833 yil zulqada oyida tuzilgan Xotinmasjidga tegishli vaqf hujjati topilgan bo‘lib, unda binoga oid nafaqat eski, balki yangi ma’lumotlar ham aniqlangan. Vaqf hujjatining umumiy o‘lchami 62,7x26,8 sm, matn haemi esa 49x20 sm.ni tashkil qiladi. Hujjat original ko‘rinishda va Muhammad Alixon hukmronligi vaqtida (1822-1841 yy.) toshkentlik qozixonalarning sakkiz nafar amaldorlari muhrlari bilan tasdiqlangan.

Mazkur hujjatdan olingan ma’lumotlar masjid tarixi haqidagi fikrni butunlay o‘zgartiradi. Quyida ular haqida batafsilroq.

Shunday qilib, masjid nomidan u ayol kishi tomonidan qurilganligi tahmini kelib chiqqan. Muhammad Solih xoja ma’lumotlariga ko‘ra mazkur masjid ajralib turuvchi naqshiga ko‘ra “Xotinmasjid” nomini olgan, negaki, bino o‘rta asrlarda yoshi ulug‘ ayol tomonidan qurilgan.

Manbaadan:

Binoning umumiy tashqi va ichki ko‘rinishi, naqshlari va boshqa omillaridan buyurtmachi taniqli mansab vakili bo‘lganligidan guvohlik beradi. Biroq, masjidning qurilish sanasini aniqlash juda mushkul. Shunga qaramay, olimlar tadqiqotlari jarayonida manbaalarga tayanmagan holda masjid 1754 yilda qurilgan deb belgilashgan. 

Topilgan vaqfnoma hujjatida bu haqda Xotinmasjid mahallasida joylashgan masjid vaqfnoma sohibi Abdusamiboy o‘g‘li Sultonboy tomonidan qurdirilgan, deya keltirilgan.

Hujjatdan kelib chiqib:

Ushbu ma’lumotdan ko‘rinib turibdiki, avvalo, masjidning o‘zi ko‘tarilgan va keyingina, unga vaqfnoma mulki ajratilgan. Demak, inshoot hujjat tuzilishidan avval qurdirilgan, ya’ni 1833 yildan avvalroq. Bu esa Xotinmasjid haqidagi barcha manbaalarni yana ko‘rib chiqishga ehtiyoj tug‘diradi. Lekin Muhammad Solih Xoja ta’kidlashicha, bino O‘razaliboy tomonidan qayta tiklangach, masjid uning nomi bilan atala boshlagan. 

Garchi Muhammad Solih xoja Sultonboyning qurilish ishlari haqida hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmasa-da, bino (Qo‘qon xoni Malla xonning hukmronlik davri (1858-1862 yy.))O‘razaliboy tomonidan qayta tiklanganligi haqida batafsil yoritib bergan. Ammo bu ma’lumotlar aniqroq isbotni talab qiladi. Shunday qilib, vaqf hujjati qatorida masjidning mutavallisi O‘razaliboyning o‘g‘li mulla Normuhammadning 1898-1915 yillarga tegishli rasmiy arizasi ham topilgan. Mazkur hujjat Toshkent shahrining bosh boshqarmasiga qaratilgan bo‘lib, hujjat Muhammad Solih xoja qoldirgan ma’lumotlarni tasdiqlaydi. Shu bilan birga arizada masjid O‘razaliboy tomonidan qayta tiklanmaganligi, balki inshoot 56 yil avval, ya’ni 1859 yil uning shaxsiy hisobiga qurilganligi ta’kidlanadi.

Bundan tashqari, 1907 yil Normuhammadboy ham ushbu inshootni qayta qurdirgan va loydan qilingan tom o‘rniga yangi xoda va to‘sinlardan temirli tom qildirgan, devor va shiftlarini moybo‘yoq bilan bo‘yattirib, 15000 rublga yaqin pul sarflagan. 1914 yil masjid tomini yana bo‘yattirib, o‘z hisobidan 200 rubl sarflagan. 

Ta’kidlash joizki, masjid har safar tiklanishi sababli nomi ham bir necha marotaba o‘zgargan. Shu bilan bir qatorda Xotinmasjid nomi ham uning boshqa nomlari bilan birga saqlanib qolavergan. Vaqfnoma hujjatida “Xotinmasjid — mahalla masjidi” deya keltirilgan. 1868 yil tuzilgan statistika ro‘yxatida inshoot “Eski Juvadagi O‘razaliboy masjidi”, boshqa 1884 yilgi reyestr hujjatida esa qisqagina, “Xotinmasjid” deb berilgan. 

Birgina masjidning nomlaridagi bunday xilma-xillikdan manbaalarda bir-biriga dahlsiz turli xil obektlar haqida gap ketayapganligi haqidagi tahmin paydo bo‘ladi. Endi masalaga oydinlik keltirsak.

Shunday qilib, vaqfnomada Sultonboy tomonidan ehson qilingan vaqf mulki keltirilgan. Bu, masalan, beda dalasi va Kamelon darvozasi ortidagi Novza arig‘i uzunasi bo‘ylab joylashgan bitta ekin maydoni, Chig‘atoydagi Qorasaroy darvozasi ortidagi Yangiariq arig‘i bo‘ylab joylashgan yerlar shuningdek, Janggoh qishlog‘i Xotinmasjid mahallasidagi  uy-joyli yerlar bo‘lgan. Vaqf yerlari ro‘yxati asosiy matndan tashqari izoh sifatida eski o‘zbek tilida keltirilgan. Unda xususan, Yangiariq arig‘i bo‘yidagi Novza beda dalasi — 5,75 tanob, Nodrjon qulog‘i arig‘i   bo‘ylab joylashgan uy-joy yeri, taxminan 1,25 tanobga teng bo‘lgan, Xotinmasjid mahallasi Janggoh o‘lkasidagi maydon 1 tanob yerni tashkil etganligi keltirilgan.

1868 va 1884 yillardagi vaqf va arxiv hujjatlaridagi keyingi berilgan ma’lumotlar asosida beshta vaqf mulkini tahlilini keltirish mumkin.

1884 yilgi arxiv hujjatlarida vaqfga ko‘ra masjid mulkdori sifatida Sultonboy avlodi berilgan va bu faktdan gap har xil masjidlar haqida ketayotganligi isbotlanadi. 

Yuqorida keltirilganlardan kelib chiqqan holda, keyingi xulosaga kelish mumkin:

Masjid yoshi katta ayol tashabbusi bilan qurdirilgan va uning nomi Xotinmasjid deb (Muhammad Solih xoja ma’lumotlariga tayangan holda) atalgan. Garchi me’morlar taxminicha, mazkur masjid 1754 yil qurilgan, lekin yozma manbaalarda o‘zining isbotini topmagan. Shunga qaramay, masjid mahalla nomi bilan bir xil (shunga o‘xshash inshootlar Balandmasjid, Xishtmasjid, Sirlikmasjid va boshqalar) nomlangan. Xotinmasjid etimologiyasi bilan bog‘diq yangi manbaalarning endilikda o‘rganilishi ushbu masalaga oydinlik kiritadi, degan umiddamiz;

 — Yana bir topilgan vaqf hujjati asosida Xotinmasjid mahallasidagi masjid vaqf sohibi bo‘lmish Abdusamiboy o‘g‘li Sultonboy tomonidan qurdirilgan. Agar shahardagi yangi qurilgan masjidlar hamda eskilarining qayta tiklanishini inobatga oladigan bo‘lsak, Xotinmasjid masjidi Sultonboy tomonidan qayta qurdirilgan;

— Mazkur masjid 1859 yil O‘razboy tomonidan o‘zining joyida, ya’ni shaharning Sebzor dahasidagi Eski Juva mavzesida qayta tiklangan yoki qayta qurdirilgan. 1932 yil ushbu bino Shayx Xovand Toxur mozori maydoniga ko‘chirib o‘tilgan. Saqlab qolingan suratlar ko‘chirib o‘tilgan masjid yangi joyida, deyarli o‘zining tashqi ko‘rinishini o‘zgartirmaganligini tasdiqlaydi;

— Shubhasiz, Muhammad Solih xoji nomalarida, vaqf hujjati hamda arxiv hujjatlarida keltirilgan masjidlar birgina inshoot, ya’ni Xotinmasjid masjidini nazarda tutadi. Buni mazkur hujjatlarning bir muddatda yozilganligi va ularning tarixi tasdiqlaydi. 

 


Manba: http://shosh.uz/eski-shahardagi-eski-choyhona/#comment-385