Parpi ota

  • 27 May, 2015
  •   0
  • 0
  • 17531

Parpi ota mozori muqaddas qadamjo bo‘lib, mahalliy aholining ibodat joyi hisoblanadi. Imloq shaharchasidan janubga 4 km masofada (Olma-otadan janubga 10-11 km) joylashgan. Umuman olganda, mozorning o‘zi yo‘q, qarorgoh qoyatosh tuynugida hosil bo‘lgan alohida qoya sanalgan. Ayrim olimlarning fikricha, daryoga tushib ketuvchi qatlamdagi paleozoologiya ohaktoshi g‘ayriodatiy tusda, ya’ni tuynuk shaklida yuvilib, noto‘g‘ri shakl hosil qilgan.

Aynan u Parpi ota nomini olgan. Mazkur qadamjoni tashrif buyurgan kishi turli xil hastaliklardan forih bo‘ladi deb hisoblashgan, xususan, qutirgan hayvon tishlaganda kelib chiqqan quturish kasalligi yoki naslsizlikdan davolanganlar. Albatta, birinchi bo‘lib ziyorat amalini bajarishgan, keyin uch marotaba muqaddas tosh (Parpi ota) teshigiga kirib chiqish kerak bo‘lgan.

Mozor juda mashhur bo‘lgan va mahalliy aholi tomonidan e’zozlangan. O‘z vaqtining olimlari ta’kidlashlaricha, Parpi ota mozorining sajdagohi Auliyeat (hozirgi Quyun qishlog‘i) qishlog‘i yaqinidagi shayxlar tomonidan e’zozlangan.

Hozirgi vaqtda tuynuk yo‘q, tosh esa 1983 yil ateizm hukmron surgan vaqt yo‘q qilingan.

Yaqin qishloqdagi ko‘pchilik ziyorat qiluvchilar uchun yangi qadamjo, ya’ni “Gumbaz” yaratilgan bo‘lib, uning ichiga tosh qo‘yilgan.

Ibodat qilish uchun tosh atrofida aylanib yurilish, qoya tepasida pimeklap yondirish, so‘ngra iltijolar so‘ralishi kerak. Ibodat amallari, shuningdek, qoya ostida, taxminan tuproq suvi manbaasidan shimolga 100 m masofada ham bajariladi. Bu yerda ayrimlar suv ichadi, suvga tushib yuvinishadi yoki tahorat uchun idishlarini suvga to‘ldirishadi.

Parpi otaning mashhurligi haqida uning aniqligi va Parpiotaga bag‘ishlangan boshqa qadamjolarning mavjudligi buni tasdiqlaydi. Shunday joylardan Toshkent viloyatidagi muqaddas joyni misol qilish mumkin, u Parpisoy sohili, Qurusoy oqimida, Krasnogorsk shahri janubida joylashgan. Boshqa bir Parpi ota mozori Jizzax viloyatida joylashgan.

Tarixiy-tabiat yodgorligi bo‘lmish Parpi ota — muqaddas joy.

Viloyatdagi eng qadimiy muqaddas joylardan biri. Tuynukli Paleozoy ohaktoshi — uning orasidan farzandsiz ayollar ona bo‘lib, o‘zidan voris qoldirish umidida o‘tishgan.

Ibodat insonda ilk afsun tasavvurlari paydo bo‘lgan qadimiy davrga borib taqaladi — o‘zini aldash orqali ayol yangi hayotga qadam tashlaydi va shunday qilib o‘z taqdirini aldaydi.

 


Manba: http://www.welcomeuzbekistan.uz/ru/парпиата/