O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi

  • 17 May, 2017
  •   0
  • 0
  • 21411

O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi Samarqand davlat tarixiy-me’moriy birlashmasi va badiiy muzeyi tuzilmasiga kiradi. Muzey 1896 yil tashkil topgan bo‘lib, O‘zbekistonning qadimiy muzeylaridan biri hisoblanadi.

Muzey faoliyati davomida uning fondidan alohida madaniy va tarixiy qiymatga ega o‘n minglab noyob eksponatlar o‘rin olgan. Samarqanddagi O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi o‘z ichiga beshta mavzuviy bo‘limlarni olgan: tarix, san’at, doimiy va ko‘chirma ko‘rgazmalar, arxeologiya fondi, etnografiya, tasviriy san’at, numizmatika va marketing bo‘limlari.

Bu yerda bronza davriga tegishli zargarlik buyumlari, zoroastr ossuariyalari va ibodat buyumlari, VIII asr shaxmati, XX asr boshlariga tegishli rassomlarining bir necha ming noyob suratlar, shuningdek, 1941 yil Ikkinchi jahon urushi davrida suratga olingan M.Qayumovning “Amir Temur qabrining ochilishi” mashhur fojiaviy video tasmasi ham saqlanadi.

Muzeyda juda yaxshi qadimiy va o‘rta asr koshinlar, metall hamla oynalar, shuningdek, ganch o‘ymakorligi to‘plami ham mavjud. O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyining numizmatika fondida nafaqat ilk Markazik Osiyo davlatlari, balki Qora dengiz, Qadimiy Yunoniston va Qadimiy Rim davlatlariga tegishli 30 mingga yaqin tangalar to‘plangan. Noyob eksponatlar safida Samarqandning Chelak shaharchasidan topilgan V-VI asrga tegishli uchta kumush qadahi ham bor.

Etnografik to‘plami o‘z ichiga XIX-XX asrlarga tegishli 20 mingta milliy liboslar, tilla ipda tikilgan buyumlar, gilamlarni olgan. Bu yerda, shuningdek, samarqandlik xalq ustalari tomonidan qilingan bostirma charm va metall idishlarni ham uchratish mumkin. Samarqand muzeyi XIX asrning xojikentlik ma’rifatparvari Xoji Yusuf Mirfayozovga tegishli globusi bilan faxrlanishadi. 

1978 yildan 2010 yilga qadar O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi mashhur Registon maydonida maxsus qurilgan bino ichida joylashgan. Hukumat buyrug‘i bilan muzey 2010 yildan Ulug‘bek ko‘chasiga olib o‘tilgan. Muzey bir necha yil ta’mirlangan va 2014 yilning 1 sentyabrida te’mirdan chiqqan muzey binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan

Музеи Самарканда Музеи Самарканда Музеи Самарканда


Manba: http://www.advantour.com/rus/uzbekistan/samarkand/history-culture-museum.htm