Abdulqosim madrasasi

  • 23 Iyun, 2015
  •   0
  • 0
  • 23188

Beshyog‘ochning oldingi darvozalaridan uzoq bo‘lmagan, Eski Toshkentning g‘arbiy qismida joylashgan Abdulqosim madrasasi Toshkentning qadimiy me’morchiligi juda ko‘rkam bshlganligini eslatib turadi. Arxeologik tadqiqotlar, tarixiy hujjatlar va xalq afsonalari bizga Abdulqosim madrasasining “birinchi tosh”i XIX boshlarida qo‘yilganligi haqida so‘zlaydi. 

Abdulqosim madrasasi — o‘z davrining buyuk faylasufi bo‘lmish Abdulqosim xonga qo‘yilgan yodgorlikdir. 1908 yil etnografik ma’lumotlarda N. Ostroumov ushbu yodgorlikka “Nafaqat Toshkentda, balki shahar atrofidagi mashhur eng boobro‘ qarorgohlardan”, deya ta’rif bergan. Mazkur madrasa qurilishi uchun Abdulqosim xon 30 ming rublga yaqin pul sarflagan va har yili 150 nafar o‘quvchi uchun o‘z hisobidan o‘quv pulini to‘lagan. Ba’zi manbaalarga ko‘ra u Qur’on kitobini yod olgan ekan. Abdulqosim madrasasida o‘z vaqtining eng atoqli insonlari o‘qigan, xususan, o‘zbek romanchilik maktabi asoschisi Abdulla Qodiriy, birinchi universitet asoschisi Munavvar-qori Abdurashidov, dramaturg G‘ulom Zafariy hamda professor Abdurauf Fitrat kabilar. 

Bugun Abdulqosim madrasasi o‘rnida milliy hunarmandchilik maktabi, ya’ni “Hunarmand” hunarmandlik uyushmasi joylashgan bo‘lib, u yerda haqiqiy rossom, zargar, naqqosh hamda miniatyura san’ati ustalari ishlaridan namunalarni va o‘quv jarayonini yaqqol ko‘rish mumkin. Bu yerda, shuningdek, esdalik uchun antiqa buyumlarni xarid qilishingiz ham mumkin, zero, mehmondo‘st mamlakatga qilgan sayohatingizni eslatib tursin. 

 


Manba: http://www.orexca.com/rus/monuments_tashkent_medreseh_abulkasim.shtml