«Xo‘ja Nuriddin Hoji» madrasasi

  • 05 May, 2015
  •   0
  • 0
  • 18040

Jizzax viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va “O‘zbekiston” mehmonxonasi o‘rtasida joylashgan ushbu obida XX asr boshida, ya'ni 1903 yilda qurilgan. Ushbu madrasani Xo‘ja Nuriddin Xoji haj safaridan so‘ng o‘zining jamg‘arma puliga qurdirgan. Madrasa qurilishini esa, Ma'ruf ibn Samarqandiy boshkargan. Madrasa yon-atrofdagi qishloqlar va, xususan, Jizzax yoshlariga ta'lim-tarbiya va savodxonlikni o‘rgatish maqsadida qurilgan edi. Hozirgi kunda bu yerda Jizzax viloyati Hunarmandlar uyushmasi joylashgan bo‘lib, kelajak avlodga ushbu tarixiy obidani saqlanib qolinishi yo‘lida harakat qilmoqda.


Manba: http://umid.zn.uz/2015/03/03/жиззах-вилоятининг-тарихий-обидалар/