Zangi Ota maqbarasi

  • 17 Aprel, 2015
  •   0
  • 0
  • 15808

Zangi ota majmuasi Toshkent shahridan uzoq bo‘lmagan qishloqda joylashgan. Mazkur tarixiy san’at yodgorligi qimmatbaho hisoblanadi.

Majmua XII asr oxiri XIII asrning birinchi yarmida yashagan Zangi ota nomini olgan Oyxo‘ja shayhning qabri atrofida yuzaga kelgan. U Xoja Ahmad Yassaviyning beshinchi muridi bo‘lib, Markaziy Osiyodagi turk qabilasining bosh so‘fisi bo‘lgan.

Aytishlaricha, majmua qurilishi Amir Temur hukmronligi davrida boshlangan bo‘lib, avvaliga avliyo Zangi ota va uning xotini Ambar bibi uchun maqbara binolari qurilgan. Majmua uchta maydondan tashkil topgan: ulkan bog‘, masjid, madrasa, minoralarni o‘z ichiga olgan XIV-XIX asrlarga tegishli imorat hamda Ambar bibi maqbarasi. 

Janubiy-g‘arbiy qismida masjid bor. U (1870 yil bosh qozi bo‘lgan) zangiotalik qozi tomonidan qurdirilgan. Atrofi hujralar bilan o‘ralgan. Hovliga ikki tarafdan kirish mumkin, darvoza xonasi ark-gumbazli uslubda bezatilgan.

Masjid ro‘parasida 1914-15 yillar o‘ziga xos minora-qal’a qad rostlagan. Tarixiy majmuaga janubdan eski qabriston biriktirilgan.

 


Manba: http://www.samarkandtour.com/attractions/dostoprimechatelnosti_tashkenta/mavzoley_zangi_ota.html