Tilla Shayx masjidi

  • 17 Aprel, 2015
  •   0
  • 0
  • 21413

Hozirgi Hazrati Imom majmuasiga kiruvchi ko‘pgina inshootlar XIX asrda barpo etilgan. Shu asr o‘rtalarida Baroqxon madrasasi ro‘parasida Mo‘yi Muborak nomini olgan yana bir madrasa qurildi.

Bu majmuadagi diqqatga sazovor joylardan biri Tilla shayx masjididir. Bu masjid XX asr boshlariga oid bo‘lib, u yerda ikkita mehrob mavjud. Ulardan biri 1890 yilda qurilgan. Asosiy masjid binosi 1902 yilda barpo etilgan.

Qaffol Shoshiy maqbarasi yonidagi Namozgoh masjidi ham Hazrati Imom majmuasiga kiradi. Bu masjid XIX asr o‘rtalarida (1845-1867) Qo‘qon xoni Xudoyorxon tomonidan qurdirilgan. SHo‘ro davrida mazkur bino avtomaktabga aylantirilgan, uning ayvonlaridan garaj sifatida foydalanilgan. Masjid binosida avtomobillar ta'mirlash ustaxonasi ham joylashgani tufayli inshoot deyarli vayrona holga tushgandi. Bugungi kunga kelib mazkur bino Prezidentimiz tashabbusi bilan qayta ta'mirlanib ziyoratgohga aylantirildi.


Manba: http://buxoriy.uz/index.php/maqolalar/288-toshkentning-maszhid-va-madrasalari