Hazrati Imom maqbarasi

  • 13 Oktyabr, 2015
  •   0
  • 0
  • 11356

Hazrati imom maqbarasi -Shahrisabzdagi XIV asrdagi meʼmoriy yodgorlik hisoblanadi. 1384 yilda Amir Temur avliyo Muhammad Shayboniyning xokini keltirib Dorussiyodatga, o'g'li Jahongir qabri oldiga dafn ettirgan.

Amir Temur ko'rsatmasi bilan xorazmlik ustalar baland bino barpo etganlar. Muhammad Shayboniy musulmon olamida "Hazrati Imomi Bag'dodiy "nomi bilan mashhur bo'lgan. 

Majmuaga Amir Temur o'zi uchun katta xilxona qurdirgan. Majmuaning ulkan ark va devorlari, o'n olti qirrali asosga qurilgan gumbazlari qimmatbaho tosh va shishalardan ishlangan naqshinkor bezaklar bilan bezatilgan.

Hozirgi kunda bu maqbara machit sifatida xizmat qilmoqda.


Manba: http://www.manzaratourism.com/