Deggaroniy masjidi

Deggaron masjidi zamonaviy O‘zbekiston hududida joylashgan islom madaniyatiga tegishli ilk saqlanib qolgan qurilish inshootlaridan biri. So‘nggi ilmiy tekshiruv natijalariga ko‘ra masjid qurilishi XI asrga to‘g‘ri keladi.

Xazara qishlog‘idagi masjid Davlat Ermitaji tomonidan tashkillashtirilgan A. Yu. Yakubovskiy  boshchiligidagi Panjikent ekspeditsiyasi vaqtida (1946) topilgan. Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra masjidning qurilgan vaqti Yu. Yakubovskiy  tomonidan VII-IX asrlar deb belgilangan. Shuningdek, ob'yektning ilk topografik rejalari ham ma’lum bo‘lib, ular italyan ekspeditsion gurihi tomonidan bajarilgan va 1910 yillarda belgilangan. Oqibatda, puxta o‘rganish uchun yana bir nechta ilmiy tekshirish ishlari va ushbu ajoyib qurilish inshootining ta’riflari olib borilgan. Mazkur masjidning nomi O‘rta asrlarda gullab-yashnagan kulolchilik kasbi — “deggaron”, ya’ni “kulol” nomi bilan bog‘liq. 

Deggaron masjidi zamonaviy O‘zbekiston hududida joylashgan islom madaniyatiga tegishli ilk saqlanib qolgan qurilish inshootlaridan biri. Uning qurilgan vaqti, taxminan XI asrga tegishli, masjidning atrofida undan ham avvalroq davrga tegishli qadimiy shaharcha devorlari arxeologlar tomonidan aniqlangan. Deggaron masjidi Buxorodagi eng qadimiy masjid bilan taqqoslaganda, somoniylarning Mox masjidi o‘rniga qurilgan XII asrda ko‘tarilgan Magoki-Attoriy bilan tenglasha oladi.

Masjidning noyobligi o‘ziga xos me’morlik uslubida bo‘lib, u islom kirib kelishidan avvalgi davr diynining asl namunasidir, zero markaziy gumbaz tizimli, to‘rt burchagidan tirgovich ko‘tarib turuvchi qurilish inshooti zoroastr ibodatxonalarini eslatadi. Bu kabi binolar ilk xristian cherkovlari uslubiga ham xosdir.

Islom diyni qurilishlariga gumbazlik qoplamalar xos,biroq ilk inshootlarda bitta katta gumbaz emas, balki ustunlar bir nechta gumbazni tirgab turishini uchratish mumkin. Bu kabi me’moriy qurilisharga Xakimi at-Termiziy (XI-XII aa.), Termizdagi Chor-Sutun masjidi (X-XI aa.), Buxorodagi Magoki-Attoriy masjidi (XII a.) kabilar ham tegishli. Masjid devorlari xom g‘ishtdan ko‘tarilgan, «balxi» turiga kiruvchi to‘qqizta gumbazning eng katasi 3 metr diametrga ega, ularni xom g‘ishtdan qurilgan to‘rtta ustun ko‘tarib turadi. Ustunlar ohaktosh poydevoriga ko‘tarilgan. Gumbazlar nayzasimon arkka o‘rnatilgan bo‘lib, ularni bino devorlari hamda ustunlar ushlab turadi. Markaziy gumbaz akrlariga ganch bilan ishlov berilgan. Avvalroq masjid ichida yog‘ochdan ikki qavatli ayvon qurilgan, keyinroq ayvon binoni qayta tiklash vaqti olib tashlangan. 

Deggaron masjidi hali ham mavjud. Masjid binosi qayta tiklangan, atrofidagi yerlarga tarixiy murakkab inshoot barpo etilgan bo‘lib, u o‘z ichiga o‘lkashunoslik muzeyini ham oladi. Kompleks maydonida, shuningdek, xonqa hamda Baxouddin Naqshbandiyning rahnamosi bo‘lmish shayx Orif Deggaroniyning qabri ham bor. Navoiy viloyati hokimiyati huzurida “Deggaroniy” fondi o‘z faoliyatini yuritib keladi.

www.wikipedia.org


Source: https://ru.wikipedia.org/wiki/Мечеть_Деггарон