Xodja Axror Vali masjidi

  • 17 Aprel, 2015
  •   0
  • 0
  • 12504

Taxminlarga qaraganda, qachonlardir inson fikrlarini boshqara oluvchi bo’yi uzundan kelgan odamlar (atlantalar) O’zbekiston hududiga kelishgan ekan. Shulardan biri Xo’ja Shayx bo’lgan. “Manokibi Xo’ja Qo’bul Ahror Vali” kitobida aytilishicha, xalq uni Abu Islok deb chaqirishar ekan. U qadimgi Od urug’idan bo’lib, ikkta xotini va sakkiz nafar farzandi bo’lgan. Shayx Xo’janing bo’yi taxminan 13 metr bo’lib, u 4000 yil umr ko’rgan! Uning qabriga sajda qilish yetti marta Makkaga safar uyushtirishga barobar ekan. Eng qizig’i shundaki, Shayx Xo’ja birvarakayiga to’rtta payg’ambarga xizmat qilgan ya’ni ular – Dovud, Moisey, Iso payg’ambar va Muhammad payg’ambarlardir. Shu bilan birgalikda u uchta dinning ya’ni Iudaizmning – Talmut, Xristian dinining – Bibliya va Islom dinining – Qur’oni Karim kabi muqaddas kitoblarini yod olgan. Shayx Xo’ja Dovud payg’ambar bilan kurishganida bu muqaddas kitoblardagi ma’lumotlarni avloddan-avlodga yetkazish singari noyob qobiliyat bilan taqdirlangan. Bu uchun uni “barcha dinlar itoatchisi” deb chaqirishgan. Qadimgi Movarounnahr hududida arablar jangi boshlanganida Shayx Xo’ja harbiy qo’shinni boshqarib turgan. 652-yilda bo’lib o’tgan navbatdagi to’qnashuvda buyuk Xo’ja Xusrav fojiali vafot etadi.
Shuni ta’kidlab o’tish joizki, Xo’ja Xusrav kelib chiqqan Od urug’i Qur’on suralarida ko’p tilga olingan. Bu urug’ga mansub odamlar baland bo’yi va mo’jizaviy qobiliyatlari bilan boshqalardan ajralib turgan. Ular hatto Xudoni ham tan olmaganlar. Bu esa keyinchalik Od urug’ining qirilib yo’qolib ketishiga olib kelgan.

Ushbu taxminlarni tekshirib ko’rish maqsadida 2003-yil 16- avgustda M.K.Sharipov tomonidan ilmiy ekspeditsiya uyushtirilgan. Ekspeditsiya vaqtida mutaxxasislar 81K-2 nomli maxsus qurilmadan foydalanishadi. Ushbu qurilma elektromagnit to’lqinlar yordamida 60 metr chuqurlikkacha bo’lgan yer ostini tekshirish xususiyatiga ega. Izlanishlar natijassida quyidagilar aniqlangan: qabrda haqiqatan ham ulkan suyaklar mavjud ekan. U yerdagi ayrim suyaklar 2,5 metrdan 6 metrgacha bo’lgan uzunlikni tashkil qilgan. Ammo suyaklar strukturasi buzilgan. Mahalliy aholining aytishi bo’yicha, 1982-yilda ukrainalik sayyohlar Shayx Xo’ja qabrining bir qismini ochishgan ekan. Guvohlarning so’zlariga qaraganda, arxeologlar qabr ochilgan vaqti u yerdan 70-80 sm li qovurg’a suyagi, ko’za va to’rtta tarixiy kitoblarni olganlirlarini ko’rishgan ekan. Bugungi kunda bu topilmalar qayerda ekanligi aniq emas. Ammo 2003-yilda bo’lib o’tgan tekshirishlar natijasida Shayx Xo’ja Ahbor Vali haqiqatan ham Atlantalar avlodidan bo’lganligi aniqlangan.


Manba: http://www.samarkandtour.com/attractions/dostoprimechatelnosti_tashkenta/dzhuma_mechet_hodzha_ahror_vali.html