Qaldirgʻochbiy maqbarasi

Qaldirgʻochbiy maqbarasi, Hazrati Amir maqbarasi —Toshkent shahridagi meʼmoriy yodgorlik (15-asr 1-yarmi). Shayx Xovandi Tohur majmuasi tarkibida, koʻhna qabristonning shimolida. Maqbara pishiq gʻishtdan (25×25×5sm) chortoq tarhli (9,48×9,48 m), bir xonali (tarhi 6×6 m),qoʻsh qavat gumbazli qilib qurilgan; 12 qirrali tashqi kulohsimon choʻqqi gumbazi pishiq gʻishtdan ganch qorishmasida terilgan. 

Maqbara ichiga jan. tomondagi eshik orqali kiriladi, xonadagi tepaga chiqiladigan aylana zinalar qalin deporichiga joylashgan; tagxona ichidan bir necha jasad qoldiqlari topilgan. Maqbara bezaklaridan15-asrga mansub sharafalarning qoldiqlarigina saqlangan. 1970 yilda tashqi gumbazi taʼmirlangan.


Manba: wikipedia

Galereya