Nur qal‘asi

  • 11 May, 2015
  •   0
  • 0
  • 10422

Nur qal’asi muqaddas “Chashma” yonida joylashgan qadimiy tarixiy yodgorlikdir. Salnomalarda aytilishicha bu qal’aning eskicha nomlanishi “Nuri Buxoro” ya’ni so’zma so’z tarjima qilinganda “Buxoro yog’dusi” degan ma’noni anglatadi.

Tarixchilarning aytishicha, bu qal’a miloddan avvalgi bir necha asrlar oldin qurilgan.

Bu qal’a haqidagi dastlabki ma’lumotlarda miloddan avvalgi 329-327 yillarga ya’ni Iskandar Zulqarnaynning bosqinchilik davrida qal’a qayta qurilgan, uning uzunligi 22 km ga kengaytirilgan deb qayd qilingan.

Nur ya’ni bugungi Nurato Navoiy shahrining shimoli-sharqida joylashgan shaharchadir. Shahar Nurato tepaligi g’arbiy tog’ tizmasining shimoliy yonbag’rida karvon yo’li ustida joylashgan bo’lib, Yettidaryo orqali Buxoro va Samarqand shaharlari shuningdek janubiy Qozog’istonni Zarafshon vodiysi bilan bog’lab turadi. U chol bilan chegaradosh mustahkam qal’alar bilan himoyalangan savdo-sotiqning tutashgan joyi va harbiy-strategik markaz bo’lgan.

Qadimiy qal’a shaharning yuqori qismida tashkil topib, uning ostida buloq joylashgan. Nurato ariqlariga suv aynan ana shu buloqdan boradi.

Qadimda nur qal’asi va shaharning atrofi mudofaa devori bilan o’ralgan bo’lgan. Bu devor deyarli kvadrat shaklida bo’lib (taxminan 7х7 km) unda shahar darvozasiga qarshi birgina shimoliy tomondan kiradigan yo’l bo’lgan.
Uning qoldiqlarini XX asr o’rtalaridagi xaritalarda ko’rish mumkin.

Nur himoya qurilmasi sifatida tarixda 1004-yilda Abu Ibrohim Ismoilning taxt uchun kurashishi davrida yodga olingan. 1220-yilda Chingizxonning Buxoro tomon otlangan qo’shini Nur qal’asiga yetib keladi. Bu qo’shinning shahar darvozasi yonida paydo bo’lishi shunchalik kutilmagan bo’lganki, hatto shahar aholisi qorong’ulikda mo’g’ul qo’shinlarini uzoqdan yetib kelgan karvon deb o’ylashgan. Keyinchalik Nur qal’asi Buxoro tomon O’tadigan darvoza bo’lib xizmat qilgan. Sohibqiron Amir Temur va boshqa hukmdorlarning qo’shinlari aynan shu yerdan o’tishgan. Tinchlik hukmronlik qilgan davrlarda esa bu darvozadan savdo-sotiq karvonlari, elchilar, sayyohlar o’tishgan.

XX asr boshlarigacha Nuratoni Buxoro amiri tomonidan tayinlangan bek boshqargan. Shaharning asosiy ko’chasi savdo-sotiq va hunarmandchilik rastalari joylashgan yopiq bozordan iborat bo’lgan. Shahar hududi zich qurilgan 4 qismdan iborat bo’lgan. Har bir qism esa uncha katta bo’lmagan guzarlardan tashkil topgan bo’lgan. Har bir guzar besh vaqt namoz o’qiladigan masjidlarni o’z ichiga olgan.

Ayrim kattaroq guzarlarda ikkitadan masjid joylashgan bo’lgan. Qal’a devor va minoralari juda ajib tarzda rejalashtirilgani odamni hayratga soladi. Qal’a devorining asosiy qismi tepalik tomonga yo’naltirilgan. Tepalik ustida esa kuzatuv vazifararini bajarishda qollaniladigan minora mavjud bo’lgan. Qal’a jami yettita minoradan tashkil topgan. Bundan tashqari chashmaga eltadigan yer osti yo’li mavjud bo’lgan. Eng qizig’i shundaki Nur qal’asida joylashgan minoralarni o’girilgan holatda tasavvut qilsak va shu bilan bir paytda yuqoridagi minorani qutb yulduzi tomon yo’naltirsak “Kichik Ayiq” yulduz turkumi maketi hosil bo’ladi.

Shuni aytib o’tish joizki ushbu qal’aning qazilma ishlari bilan quyidagi arxeolog va akademik olimlar shug’ullanishgan: B.A Nilson, Y. G’ulomov, O.M. Rostovsev.


Manba: http://traveller.uz/index.php/ru/photo/item/184-krepost-nur?start=8690