Norbo‘tabi madrasasi

  • 30 Iyun, 2015
  •   0
  • 0
  • 14357

Norbo‘tabi madrasasi – bizgacha saqlanib qolgan, 18-asrga oid madrasalardan biri hisoblanadi. Bu davrda Qo‘qonda 40 ga yaqin madrasalar bo‘lib, ammo bunisi o‘zining arxitektura va ornamenti bilan alohida ajralib turadi.

Madrasa Chorsu maydonida qurilgan hamda 52x72 metrli maydondan iborat bir qavatli bino hisoblanadi. 2 asrlar davomida madrasa Qo‘qondagi yirik o‘quv markazlaridan biri bo‘lib, bu yerda bir nechta turar xonalari (hujralar) bo‘lgan.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, Norbo‘tabi madrasasi boshqalardan birinchi navbatda o‘sha davrlarga xos bo‘lmagan bino bezaklarsiz qurilganligi bilan farq qiladi. Ikkinchidan, bino tuzilishida buxoro motivlarini kuzatish mumkin. Ushbu holatni madrasa qurilishi davrida Qo‘qon Buxoro ustidan bir necha bor g‘alaba qozongan bo‘lib, mohir arxitektorlarni o‘z ichiga oluvchi yuzlab buxoroliklarni asirga olish bilan izohlash mumkin. Aynan ular madrasa qurilishida ishtirok etib, bino tuzilishida o‘zlarining tuzatishlarini kiritishgan.

Sovet hukumati boshqaruvida madrasa yopilgan. Biroq, O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng madrasa qaytadan o‘z eshiklarini keng ochgan. Bugungi kunda madrasaning bir qismida Jomi machiti joylashgan bo‘lsa, ikkinchi qismida 80dan ortiq talablar tahsil olishadi.


Manba: http://gotraveluzbekistan.com/ru/dostoprimechatelynosti-kokanda/medrese-norbutabi