Borsa kelmas sho‘r ko‘li

  • 08 May, 2015
  •   0
  • 0
  • 18524

“Borsang, qaytmaysan!”. “Barsa Kelmes” turkiydan tarjima qilganda ogohlantiruvchi bu ibora dahshatli eshitiladi. Bu O‘zbekistondagi Ustyurt platosida joylashgan quriyotgan sho‘r ko‘ldir. Orol dengizining shimoliy-g‘arbiy qismidagi Orol dengizi ham (o‘sha erdagi joylashgan shu nomli zahira) shu nom bilan atalgan. Borsa Kelmas orol, shunchaki qumli-tuz manzarasida — Orol me’rosida g‘oyib bo‘lib, yarim orolga aylangan va yo‘qolib borayotgan Orol dengizini yalang‘ochlab, o‘z maydonini yildan-yilga kengaytirib bormoqda. 

Shukurki, Ustyurt cheksiz ufq yo‘lagi aql bovar qilmas kuchi va jozibasi bilan saqlanib qolgan bo‘lib, uni bir onda ham, yillar mobaynida ham esdan chiqara olmaysiz. Yana, Borsa Kelmasning g‘aroyib go‘zallikka ega tuzli saltanatini unutib bo‘lmaydi.

Borsa Kelmas chuqurligi — bu 30 million yil avval sayyoramizdan g‘oyib bo‘lgan totarixiy dengiz Tetisning tubi bo‘lib, sokin Qoraqum, Qizilqum sahrolari va Ustyurt platosini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rish imkonini qoldirgan.

Ustyurt platosining asosini Yerning geologik tarixining mezozoy hamda paleozoy davrlari qoldiqlari tashkil qiladi. Tektonik kuchlar, shamol va suvning zararli kuchi noyob Ustyurt dunyosini yaratdi: bugun bu fantastik landshaft bilan bezatilgan yirik gips-loy sahro g‘ayritabiiy shakllari va uyimi, kanon va darasi bilan o‘zgasayyoraliklarni eslatadi. Ko‘p million yillar davomida gips va loydan iskanchalangan chuqur balchiq qatlami hosil bo‘lib, ko‘z oldimizda sirli iyeroglif va barelef tasvirini hosil qiladi. Kanonlar goh pasttekisliklarga keskin tushib, goh  uzilib, aql bovar qilmas ko‘rinish hosil qiladi: sirli shaxslarning shakllari; ajib sukunatda muzlab qolgan yuzlar; ustunlar va bo‘shliqlar; qudratli devorlar va minoralar; cho‘qqilar va butun shahar ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Ular ko‘rgan kishida, go‘yo allaqanday haykaltarosh yumshoqqina gips va loydan ilhomlanib, hatto eng kuchli xayolparastning tasavvuriga kelmaydigan  suratlarni yaratgan, degan fikr hosil bo‘ladi. Bahaybat devorlar balandligi 50-60 metr, ayrim joylari esa 100 metrgacha yetib, chuqurlik joylariga kelib yana pasaygan. Devorlarning uziq joylari yaqqol bilinib turishiga qarab, ularning yoshi haqiqatan ham million yillar ekanligi o‘ylab, kishi entikib ketadi. Ehtimol, shu boisdan Ustyurt shu yerning askar-qo‘riqsilarini esga soluvchi sokin va shafqatsiz sfinkslari, jangchilari, yovvoyi hayvonlar shaklini goh u yerda, goh bu yerda qoldirgandir. Tabiat o‘z haykallarini “To‘xta! Bu — Borsa kelmas o‘lka!” so‘zlari ila qo‘rqitish, yoki ogohlantirish uchun qoldirgan.

Gips-loy sahroninig kanon va yamoqlari astalik bilan pastga — sho‘rxok chuqurlik, yarqirovchi tuz olami bo‘lmish Borsa Kelmas tomon tushadi. Bu Ustyurt uchun xos chuqurlikdir. U ulkan o‘lchamga ega — deyarli, ikki ming kvadrat kilometr! Bu platodagi eng kam o‘rganilgan va erishish qiyin bo‘lgan joydir. Borsa Kelmasning tubi bor-yo‘g‘i 10-11 m, Orol dengizidan yuqoriroq. Bu chuqurlik bizga Tetis dengizidan meros qolgan tuzning eng katta zahirasi bilan butunlay to‘la. Ehtimol, ko‘rinayotgan ufqqa qadar to‘lgan deyarli toza tuz katta kulrang-oq-havo rang makon bilan kelgan mehmonlarga o‘z bag‘rini ochadi. Uzunligi 70 km.dan ortiq va kengligi deyarli 40 km. — ushbu bahaybat tuz omborining o‘lchami aynan shunday.

Bu joylarda harakatlanish xavflidir. Ingichka tuz qatlami bilan qoplangan jarliklar va shuvoqni tez-tez uchratish mumkin. Allaqanday chuqurlikka kutilmaganda yiqilib ketish ham hech gap emas. Tuz yarqirab, tovlanadi va ko‘proq atrofni qoplagan muz uyumlarini eslatadi. Shaffof suvning kichikroq shuvoq va jilg‘alari Qor malikasi mamlakatiga tushib qolganligimiz haqidagi tasavvurga chek qo‘yadi. 

Yaqin kunlardan buyon tuz qazib olinigi yo‘lga qo‘yilgan. Qarilar aytganiday, bu zahira xali ming yillarga yetadi.

Borsa Kelmas — oydin sukunat. Odamlar bu sirli va ajib yerni qanday tasvirlar bilan atashmadi. Borsa Kelmas — kam o‘rganilgan, go‘yo ko‘zgu kabi ulkan va buyuk sayyoramizni aks ettirayotgan cheksiz va bokira o‘lkadir.


Manba: http://discover.uz/uzbekistan/lake/521/