Avliyo knyaz Aleksandr Nevskiy cherkovi

  • 28 Iyul, 2015
  •   0
  • 0
  • 10903

Avliyo knyaz Aleksandr Nevskiy cherkovi – bizgacha yetib kelgan Toshkentdagi eng eski pravoslaviyo cherkovlardan biri hisoblanadi. U Toshkent shahrining Botkina mozori hududida joylashgan bo‘lib, shahar va davlat g‘aznazi mablag‘lariga 1902-1905 yillarda qurilgan. Ibodatxona qurilishiga Turkiston yeparxiyasida katta hurmatga ega bo‘lgan, Botkina mozori yaqinida istiqomat qiluvchi, savdo-sotiq bo‘yicha maslahatchi Nikolay Ivanovning hissasi katta. N.Ivanov bir necha bor o‘z mablag‘larini cherkov foydasiga ehson qilgan. Aynan uning mablag‘lariga Aleksandr Nevskiy ibodatxonasi uchun oltin suv yugurilgan mehrob qurilgan.

Aleksandr Nevskiy ibodatxonasi qurilishini L.Burmeyster loyihasiga asosan injener F.V.Smirnov amalga oshirgan. Ibodatxonani muqqadaslashtirish marosimi protoiyerey Konstantin Bogoroditskiy tomonidan olib borilgan. Cherkovga ish kunlari 20 tadan 30 gacha, cherkov bayramlarida esa 200 ta odamlar ibodat uchun tashrif buyurishadi. Revolyutsiyadan keyingi davrda cherkov O‘zbekiston pravoslav cherkov maktablari orasida katta rol o‘ynagan. Cherkov ruhoniylarining bir qismi Sovet hokimiyati xizmatiga o‘tgan bo‘lsa, qolganlari unga qarshi chiqishgan. Shunday qilib, cherkov 20-yillarda 1971 yildagi Fevral revolyutsiyasidan keyin paydo bo‘lgan, xristian dinining yangi harakati izdoshlari tomonidan egallab olingan.

Cherkov 1966 yildagi zil-zila va binoni butunlay vayrona qilgan yong‘inlarni boshdan kechirgan. Shunga qaramay, bino qulab tushmagan va qayta ta’mirlangan. Ibodatxona ichkari devorlari avliyolar, farishtalar surati bilan bezatilgan. Ko‘plab ikonalar zarhallangan romlarga solingan. Hozirgi kunda cherkov ko‘rinishi oldingi ko‘rinishidan deyarli farq qilmaydi. Faqat bino old tomoni ko‘k-oq rangda bo‘yalgan, qaytadan mramor bilan bezatilgan va panjaralar bilan o‘ralgan. Cherkov bosh ruhoniysi ko‘p yillar davomida Nikolay Ribchin hisoblanadi. 


Manba: http://www.advantour.com/

Galereya