“Baxtli qush” ijod galereyasi

  • 17 May, 2017
  •   0
  • 0
  • 11687

Samarqandning “Baxtli qush” ijod galereyasi o‘tgan asr tarixiy karvon saroy binosida tashkil etilgan bo‘lib, o‘ziga xos manzara va xonadon shinamligiga egadir. Dabdabali qo‘lda to‘qilgan o‘zbekcha gilamlar, milliy uslubdagi kiyimlar, rang-barang ko‘k-oq va jigar rang-yashildagi koshinlar, qadimiy taqinchoqlar, suratlar, jimjimador naqshinkor so‘zanalar, haykalchalar, ijod galereyasini bezaydi. Go‘yo, shohona, shu bilan birga norasmiy shinam xonadon intererida “Baxtli qush” direktori va san’atshunos Yelena Ladik kutib olayotganday.

Арт-галерея «Счастливая птица», Самарканд
Арт-галерея «Счастливая птица», Самарканд
Арт-галерея «Счастливая птица», Самарканд

Hayratdan qoyil qolgan tashrif buyuruvchilar bu galereyani Ali bobo g‘ori deyishadi. Albatta, ehtiyotkorona saqlanib kelinayotgan bu yerdagi har bir san’at asari noyobdir. Qadimiy ustalarining va dong‘i ketgan zamonaviy mualliflarning ishlarini uchratish mumkin. Nomi mashhur mualliflar bu yerda o‘z ishlarini ko‘rgazmaga qo‘yish bilan birga, o‘zlari ham bu ijod uyiga doimiy ravishda tashrif buyurishadi.

Namoyish etilgan ko‘p buyumlarni xarid qilish mumkin, lekin ularni sotish “Baxtli qush”ning asosiy maqsadi emas. Yelena Ladikning ta’kidlashicha, “Asl nus'hani yo‘qotish — dunyoda sodir bo‘layotgan achinarli holatdir”. Sun’iy mahsulot, sintetik matolar yoki odamlar o‘rtasidagi sohta aloqalar — bularning orasida samimiyat yo‘q, ular turmushimizning barcha jabhalarini to‘ldirib ulgurgan. Sifat darajasini, boringki, taklif qilinayotgan galereyalarning moddiy va madaniy qiymat hamda insoniy munosabatlar darajasida ushlab qolish — “Baxtli qush”ning asosiy maqsadidir.

Galereya xalq hunarmandchiligi va san’at bilan qiziqqan barchani ekspozitsiyaga chorlaydi va mashhur o‘zbek ijodkorlar bilan tanishishni taklif qiladi.

Арт-галерея «Счастливая птица», Самарканд
Арт-галерея «Счастливая птица», Самарканд
Арт-галерея «Счастливая птица», Самарканд

Ma’lumotnoma:

“Baxtli qush” ijod galereyasi 2005 yil tashkil qilingan bo‘lib,  hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlash (CACSA) va Respublika xalq ustalari va hunarmanlari uyushmasi “Hunarmand”, Markaziy Osiyo Uyushmasi a’zosi hisoblanadi. “Baxtli qush” ijod uyida doimiy ekspozitsiya bilan birga, o‘zbek hamda chet el mualliflarining alohida ko‘rgazmalari va master-klasslari o‘tkazib kelinadi. Shu bilan birga, ijod uyi chet elda ham o‘z ekspozitsiyalari asosida ko‘rgazmalar tashkil etib turadi. Galereyaning bosh maqsadi - o‘zbek milliy hunarmandchiligi va san’atini rivojlantirish, faqat mahalliy tabiiy matolardan foydalanish, mehnatning odilona bahosi hamda iqtidorli va intiluvchan mualliflarni qo‘llab-quvvatlashdir.


Manba: http://www.advantour.com/rus/uzbekistan/samarkand/happy-bird.htm