Abdulla Qahhor uy-muzeyi

  • 23 Aprel, 2015
  •   0
  • 0
  • 14230

Uy-muzey 4 ta zaldan tashkil topgan. Ularning har birida yozuvchining hayot va ijod yo‘li aks etgan. Abdulla Qahhor 1907 yil 17 sentyabrda Farg‘ona vodiysida tavallud topgan. Uning oilasi tez-tez joydan-joyga ko‘chib yurishardi. U yozuvchilik faoliyatini yigirmanchi yillar boshlarida Qo‘qon pedagogika bilim yurtida o‘qib yurgan paytlarida boshlagan. Uning ilk asari "Mushtum" hajviy jurnalida chop etilgan. U "Yangi Farg‘ona" gazetasida talabalikdan ma'sul kotiblikkacha ko‘tarildi. Gazetaning "Chig‘iriq" hajviy bo‘limida uch oy ichida uning yigirmadan ortiq felyetonlari chop etilgan.


Manba: Яккасарой тумани, Ражабий кўчаси, 26/1