Xo‘ja Doniyor maqbarasi

  • 17 Aprel, 2015
  •   0
  • 0
  • 26000

Xo‘ja Doniyor maqbarasi Samarqanddagi eng mo’tabar va mashhur ziyoratgohlardan hisoblanadi. Doniyor, Daniil, Daniel – musulmon, nasroniy va yahudiy adabiyotlaridagi aziz - avliyoning nomidir.

Doniyor Quddusda eramizdan avvalgi 603 yilda tug’ilgan bo’lib, shoh Dovud va Sulaymon (Solomon)larning avlodiga mansubdir.

Rivoyatlarga ko’ra, Amir Temur o’zining (1397-1404 yillar ) Kichik Osiyoga yetti yillik yurishi vaqtida Suza shahridagi avliyo Doniyorning tabarruk qo’nimgohidan bir qism xokini o’rnatilgan tartib-qoidalar talabini amalga oshirib, Samarqandga olib kelgan.

Maqbarada dunyodagi eng uzun - 18 metrlik qabr mavjud. Maqbara binosi XX asr boshlarida qurilgan. Shunga qadar bu yerda Xoja Doniyorning qabri va masjid bo’lganligi haqidagi ma’lumotlar bor.

Mustaqillik yillarida ushbu ziyoratgohda keng qo’lamda obodonlashtirish, ta’mirlash, qurilish va ziyoratchilar uchun qulayliklar yaratish ishlari olib borilmoqda.


Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Мавзолей_Ходжа_Дониер

Galereya