Xoja Ahror Vali juma masjidi

  • 16 Aprel, 2015
  •   1
  • 0
  • 15480

Buxoro amiri Imomqulixonning bosh vaziri Nodir Devonbegi1630-1635 yillar Samarqanddan janubiy-sharqqa bir necha chaqirimda Xoja Ahror Vali dahmasining oldiga madrasa qurdiradi. Nodir Devonbegi nomini olgan mazkur madrasa Naqshbandiya ordenining taniqli sohibi, mashhur shayh Xoja Ahror Vali sharafiga qurilgan.Xoja Ahror so‘fichilik (“so‘fichilik” — islomdagi tasavvuf yo‘nalishi) ordeni bo‘lmish Naqshbandiyaning rahbari, Toshkent viloyatidagi Bog‘iston tog‘-qishlog‘i odami. Xoji Ahror ilk Samarqandga 1426 yil 22 yoshida tashrif buyurgan. 1451 yil esa Ulug‘bekning o‘limidan so‘ng temuriylar sulolasining namoyondalaridan biri Abu Sayid hukmronligi davrida butunlay Samarqandga ko‘chib o‘tgan. Ahmadning tarbiyasi ostida shahzoda deyarli butunlay hukmronlikni qo‘lga olgan, Samarqandning haqiqiy hukmdori va davlatdagi eng boy yer sohibiga aylangan.

Buyuk o‘rta asr shoiri Jomiy uni “Xojalar Xojasi”, “Barcha narsaning mohiyatini tushunib yetgan inson” deya nomlagan. “Bu tabarruk insonning salovati va kuchidan odamlar bosh egishgan”. Uning shiori “inson dunyoda ma’naviy vazifasini bajarishi uchun siyosiy hukmronligidan foydalanish zarur” bo‘lgan. Ushbu shior “naqshbandiya” ordenining keyingi ijtimoiy hamda siyosiy faoliyatini aniqlab bergan. Xoja Ahrorning yana bir unvoni “Hazrati Imom” bo‘lgan. U orqali uchta bosh naqshbandiya ta’limoti tarmog‘i o‘tgan: Markaziy-Osiyo, G‘arb-Turk hamda Hind.

Xoja Ahror 1490 yil vafot etgan va o‘zining yashab o‘tgan joyi yaqiniga, oq marmardan yasalgan toshga o‘yilgan dahmaga ko‘milgan. Qabr yaqinida o‘rab olingan hovli bo‘lib, unda sakkiz qirrali hovuzi bo‘lgan va undagi suvda masjid hamda minora ayvonlarining naqshlari aks etib turgan. Keyinroq, Xoja Ahror qabri atrofida muqaddas qabr barpo qilingan.

Nodir Devonbegi tomonidan barpo qilingan madrasaning aynan shu joyda boshlanganligi Xoja Ahror Valiga bo‘lgan katta hurmatning alomatidir. Madrasaning joylashuv nuqtasiga ko‘ra, ko‘pincha Sari mozor (qabr boshlanishi) yoki Xoja Ahror Vali madrasasi, deya nomlashadi.

Mazkur bino qurilishida tarxining ayrim qismlari Samarqandning Registon maydonidagi Sherdor madrasasidan olingan. Koshinlarda tushirilgan peshtoqidagi yo‘lbarslar tasvirini (faqat ortida quyosh yo‘q) madrasaga ikkinchi “Sherdor berun” (ya’ni, tashqi (shahar tashqarisidagi) Sherdor) nomini berdi.

Yodgorlik bizning davrimizgacha juda buzilgan holatda yetib keldi: tashqi peshtoqi bir metrga egilib qolib, ag‘anash xavfi tug‘ilgan, ustki qatlami va gumbazlari yorilib ketgan, sharqiy peshtoqning kirish qismidagi yuqori yuzasi XX asrning 80-yillaridagi ta’mir jarayonida yo‘q bo‘lgan. Usta Abdug‘affor Haqqulov tomonidan XX asrning 80-yillarida madrasaning ta’mir ishlari boshlangan va mustaqilliq yillarigacha davom etgan.

Madrasaning tashqi ko‘rinishinini tiklash uchun ko‘plab arxiv materiallari o‘rganib chiqilgan, xususan, XIX asrda yashagan samarqandlik olim Abutohir Xojaning mehnati “Samariya”, shuningdek, 1870 yillar olingan va Sankt-Peterburgning Ermitaji fondida saqlanib kelinayotgan Nodir Devonbegi madrasasining bir nechta suratlari. Ular orasida sharqiy peshtoq surati ham bo‘lib, unda arslon va bug‘u ovining turli xil manzaralari aks etilgan. Yodgorlikni buzulmasidan avval ko‘rgan professor P. Zohidov ta’kidlashicha, “mazkur madrasa peshtog‘ida o‘yma koshin usulida bajarilgan ikki arslon hamda ikki bug‘u suratlari bo‘lgan”.

O‘tgan va o‘zov asrlarda olingan oq-qora suratlar hamda arxiv hujjatlarini sinchkovlik hamda diqqat bilan o‘rganish, bo‘laklar orqali modellashtirish ishlari Nodir Devonbegi madrasasini butunlay ta’mirlab, ilk ko‘rinishini tiklashga imkon yaratdi. Shoyadki, ziyoratchilar va sayyohlar ko‘zini quvontirsin.


Manba: http://mytashkent.uz/tag/xodzha-axrar/

Galereya