Tuproq qal‘a shahar xarobalari

  • 22 Aprel, 2015
  •   0
  • 0
  • 28581

Tuproqqalʼa — qad. shaharqalʼa xarobasi; mil. 3—4-a.lardagi xorazmshohlar qarorgohi. Hoz. Beruniy sh. atrofidagi hududda joylashgan. 1938—50 y.larda S. P. Tolstoye rahbarligidagi Xorazm arxeologiya etnografiya ekspeditsiyasi tomonidan oʻrganilgan. 

T. tarhi toʻgʻri burchakli (500×350 m) boʻlib, gumbazsimon yoʻlakli va burjli mudofaa devori bilan oʻralgan. Devorning mustahkam jan. darvozasidan otashkada tomon markaziy koʻcha oʻtgan. Koʻndalang tushgan koʻchalar shaharni 10 ta kvartal (mahalla)ga ajratgan. T.ning madaniy qatlamidan, mil. boshlaridan 6-a.gacha boʻlgan davrga oid ashyoviy materiallar chiqqan. 

T.ning shim.sharqiy qismida maxsus koʻtarma supa (bal. 14 m, mayd. 80*80 m) ustiga xom gʻishtdan saroy qurilgan. Unga yondosh qilib bal. 25 m li 3 ta minorasi boʻlgan ark binosi (mayd. 40×40 m) bunyod etilgan. 

Arkka sharq tomonidan ko'tarma yoʻlak orqali kirilgan. T.da 100 ga yaqin turar joy, xoʻjalik binolari va 8 ta saroy xonalari qazilgan.

Xonalar devori boʻrtma naqshlar va relyefli rangli haykallar bilan bezatilgan (q. Tuproqqalʼa  rasmlari va haykallari). T.ning sharqiy qismida qurol-aslaha ustaxonasi boʻlgan, u yerdan temir nayzalar, 3 parrakli oʻqlar, saroyning yemirilib ketgan 2 qavatidagi podsho arxividan esa teri va yogʻoch taxtachalarga yozilgan 100 dan ortiq hujjat topilgan. Ular qad. xorazmiy gilida bitilgan (1—3-a.lar). T.dan jun, shoyi, ip gazlama parchalari, boʻyra, rangli gilam, koʻplab haykal boʻlaklari, sopol buyumlar va Kushon tangalari topilgan. T. sugʻorish inshootlarining buzilishi, harbiy toʻqnashuvlar natijasida xarobaga aylangan.


Manba: http://www.orexca.com/rus/karakalpakstan.shtml#karakalpak