Taras Shevchenko haykali

  • 27 Aprel, 2015
  •   0
  • 0
  • 11994

O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida haykaltarosh Leonid Ryabtsev tomonidan ukrain shoiri, yozuvchisi va rassomi Taras Grigorevich Shevchenko haykali yasalgan. Haykal 110 sonli maktab oldidagi suzish havzasi oldida qad rostlagan bo‘lib, me’mor I.Karakis loyihasi asosida bajarilgan.

Taras Grigorevich Shevchenko (1814-1861) nomi keng ommaga mashhurdir.

Ma’lumotlarga ko‘ra Shevchenkoning yoshlik yillaridayoq musiqaga bo‘lgan qiziqishi, rassomchilikka bo‘lgan havasi va shoirlik iqtidori namoyon bo‘lgan. Taras Grigorevich katta yer egasi bo‘lmish Engelgardt qo‘lida dehqonlik qilib, yetimlikning achchiq zahmatini yoshligidanoq totishga ulgurgan. 

1838 yil Karl Bryullov ismli rassom, shoir V. Jukovskiylarning ko‘magi bilan Shevchenko qullikdan ozod qilinib, shu vaqtdan e’tiboran uning ijodiy ravnaq pallasi boshlanadi.

Shevchenkoning “Kobzar” nomli she’riy to‘plamidan o‘rin olgan “Tush” nomli poemasi oliy tabaqadagilar orasida nihoyatda dadil, erkin fikrli hisoblangani uchun, 1847 yilda Taras Grigorevich Orenburg korpusiga askar qilib surgun qilinadi.

Uning “majburiy” O‘rta Osiyoga qilgan o‘n yillik sayohati ijodiy faoliyatida ham sezilarli iz qoldirgan. Sayohati yillaridagi asarlarida qozoqlarning qashshoqlik hayoti o‘z aksini topdi. Shevchenko birinchilardan bo‘lib Kaspiy dengizi sohillari peyzajini, qizib ketgan qum va Mang‘ishloq qoyalarini tasvirlagan.

Shevchenko haykali 2002 yil dekabrda ochilgan. Bu ochilish Ukraina Prezidenti Leonid Kuchmaning O‘zbekiston Respublikasiga qilgan safariga to‘g‘ri kelgan.

Haykal bronzadan yasalgan bo‘lib, pastki qismi o‘zbekona naqshlarda bezatilgan.

 


Manba: http://www.orexca.com/rus/shevchenko_monument.shtml, http://dic.academic.ru/dic.nsf/ruwiki/1592234

Galereya