Registon ansambli

  • 20 Fevral, 2017
  •   13
  • 2
  • 110372

Registon ansambli — Samarqandning Registon maydonida 3 Madrasa {Ulugʻbek madrasasi, Tillakori Madrasasi, Sherdor Madrasasi) dan iborat meʼmoriy majmua. Dastlab Ulugʻbek madrasasi (1417—1420 yy) bunyod etilib, keyinchalik qarshisiga — maydon sharqiga Ulugʻbek xonaqohi (1424 y), shim.ga Mirzoyi karvonsaroyi, jan.ga Alika Koʻkaldosh Juma masjidi (1430 y) kurdirgan, yonida esa yogʻochdan hotamkori uslubida masjidi Muqatta va Abusaid madrasasi qurilgan. 

15-a.ning 20—40y.larida Registon hashamatli meʼmoriy ansamblga aylangan. 

17-a.da Samarqand hokimi Yalangtoʻsh Bahodir vayrona holatdagi Ulugʻbek xonaqohi oʻrniga Sherdor Madrasa (1619—1635/36)ni, Mirzoyi karvonsaroyi oʻrniga Tillakori madrasa masjidi (1646/47— 1659/ 60)ni qurdirgan. 

R.a. oʻzining rang-barang koshinkori bezaklari; naqshinkori peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan Oʻrta Osiyo meʼmorchligining noyob yodgorligi hisoblanadi. Qadimiy Samarqand shahrining rasmiy markazi Registon maydoni boʻlib, bu erda uchta madrasa qad koʻtargan: Ulugʻbek madrasasi (1417-1420), Sherdor madrasasi (1619-1636), Tillakori madrasasi (1647-1660). 

Registon - qadimiy ilm, taʼlim muassasalari joylashgan joy boʻlib, sharqdagi shahar qurilishi sanʼatining eng koʻzga koʻrinarli namunalaridan biri hisoblanadi. U haqda Temuriylar faxr bilan: „Kim bizning kuch- qudratimizga shubha qilsa, kelib biz qurgan binolarni koʻrsin“, deganlar. 2001- yilda bu uch madrasa UNESCOning butun dunyo yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan. Registon maydoni- tarixda shaharning ilm-fan, siyosat va diniy markazi bo’lgan. “Registon ” so’zi “qumloq joy” degan ma’noni anglatadi. 

O’rta asrlarda hamma katta shaharlarda markazlar “Registon” deb atalar edi. Shu nomdagi maydonlar Buxoro, Shahrisabz va Toshkentda ham bo’lgan. Samarqanddagi maydon esa O’rta Osiyodagi eng mahobatli va tahsinga sazovor maydonlardan biri edi. Bu maydonda bir necha ming yillik tarix mujassam. Amir Temur podshohligi davrida Registon Samarqandning markaziga aylantirildi. Ulug’bek davri (1409-1447)da esa maydon bundan ham muhimroq ahamiyatga ega bo’ldi. 

Zamonaviy Registon ansambli o’zida Ulug’bek madrasasi (1417-1420), Sherdor madrasasi(1619-1636) va Tillakori masjid-madrasasini (1647-1660) mujassam etadi.Registonning janubiy tomonida xalq orasida “Childuxtaron” deb atalmish xonaqoh va maqbaralar joylashgan edi. Ularni Ko’chkunjihon (1527-1530) qurdirgan edi va Tillakori madrasasiga qo’sh qilib bunyod etilgan edi. U 1904-yilgi zilziladan so’ng xarobaga aylanib, 1910-yili butunlay buzilgan va o’rni maydon bo’lib qolgan. 100 yil orasida oxirgi ko’rinishini olgan bu Registonni ko’rish ishtiyoqida butun dunyo sayyohlari tashrif buyurishadi.


Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/Registon_ansambli

Galereya