Yevangel-lyuteran cherkovi

  • 28 Iyul, 2015
  •   0
  • 0
  • 10403

Yevangel-lyuteran cherkovi – Toshkent shahrining lyuteran cherkovi hisoblanadi. Ushbu cherkovda ibodat qilish 1899 yili 3 oktyabr kuni boshlangan. Bino shahar lyuteran jamosi tomonidan I.I.Krauze mablag‘iga arxitektor A.L.Benua loyihasi asosida qurilgan. Sovet davrida bino ombor sifatida ishlatilgan. 20 asrning 70-yil oxirlarida bino Toshkent konservatoriyasiga berildi. Shundan so‘ng ta’mirlash ishlari olib borildi hamda konservatoriyaning opera studiyasi binosi sifatida ishlatildi. 

Shu paytning o‘zida binoda organ musiqa asbobi o‘rnatilgandan keyin unda kontsertlar uyushtirila boshlandi. 20-asrning 90-yillarida qaytadan tashkil etilgan shaharning lyuteran jamoasi taqdim etildi. Ammo o‘sha davrda Toshkentda lyuteranlar soni juda kam edi.

Pastor lavozimida 1892 yil 26 sentyabrdan Yustus Yustusovich Yurgenson egallagan. Bugungi kunda rahbari yepiskop Korneliy Vibe.

Cherkov quyidagi manzil bo‘yicha joylashgan: Toshkent shahar, S.Azimov ko‘chasi, 37. Ibodat rus va nemis tillarida o‘tadi.


Manba: wikipedia

Galereya