Xorazm viloyati Davlat qo‘g‘irchoq teatri

  • 04 Aprel, 2017
  •   0
  • 0
  • 16327

XIVANING QO‘G‘IRChOQ TEATRI — O‘ZBEKISTONNING  QO‘G‘IRChOQ TEATRI AN’ANALARINING DAVOMI

Manzil: Mustaqillik ko‘chasi 12, Xiva

Mo‘ljal: Ichan Qal’aning ichida

Spektakllar qo‘yilishi avvaldan so‘roq orqali amalga oshiriladi

    Qo‘g‘irchoq namoyishlari dunyoning ko‘plab mamlakatlarinnig azaliy an’analaridir. O‘rta asrlarda shovqin, odam gavjud maydonlarida bozorlar va sayllarda xalq uchun qo‘g‘irchoq teatri namoyishlari o‘tkazilgan. Soddagina yuzaki yasalgan minbarga yopilgan parda ortida oddiy xalq hayoti, boylar va kambag‘allar, shuningdek, sevishganlarning sadoqati va do‘stlik hamda xiyonat haqidagi kichik-sahna ko‘rinishlari namoyish etilgan.

   O‘zbekistonda qo‘g‘irchoq teatri an’analari eramizdan avvalgi VI-IV asrga, Ahamoniylar hukmronligi davriga borib taqaladi. Biroq, qo‘ig‘rchoq teatri XIV asrga, Amir Temur hamda Temuriylar hukmronligi davriga kelibgina keng tarqala boshlagan. Ipli qo‘g‘irchoq hamda qo‘lqopli qo‘g‘irchoq teatrlari alohida ommabop bo‘lgan. Qo‘g‘irchoq teatri namoyishlari bugungi kunda ham O‘zbekistondagi teatr san’atida o‘z o‘rnini saqlab kelmoqda.

   O‘zbekistonda zamonaviy qo‘g‘irchoq teatrlari orasida o‘zining alohida o‘rni bilan Xorazm qiloyatidagi Davlat qo‘g‘irchoq teatri ajralib turadi. Bu — tamoshaga kelganlarni yuz yillar ortga qaytarish mumkin bo‘lgan O‘zbekistondagi yagona teatr bo‘lib, unda hamon o‘rta asrlarga hos dekoratsiyalarni, qo‘g‘irchoqlarni, mavzular-u, aktyorlarning namoyish qilish odatlarini ko‘rish mumkin. Shu sababli Xivaning qo‘g‘irchoq teatri nafaqat O‘zbekiston aholisi, balki chet ellik tamoshabinlar orasida ham juda mashhurdir.

   Shu o‘rinda 2011 yil teatri tomonidan Bakuda bo‘lib o‘tgan Birinchi milliy qo‘g‘irchoq teatri festivalida “Xiva lazgi” tamoshasi namoyish etilgan bo‘lib, faxriy yorliq bilan mukofotlanib, 2013 yil sentyabr oyida teatr Darmshtadt hamda Frankfurtda (Germaniya) ishtirok etgan.

   Asosiy teatr tarixi bundanda qiziqarliroq. Yigirma yil avval Xivada qo‘g‘irchoq teatri namoyishlari to‘garagi ishga tushgan. Mahalliy ma’muriyat sharofati bilan 1993 yil o‘tgan asrning 30-x yillariga tegishli tarixiy binoda Ichan Qal’a inshootida birinchi qa Xorazm viloyatidagi 289 kishi uchun mo‘ljallangan yagona qo‘g‘irchoq teatri ishga tushgan. Uning ilk truppasi sobiq to‘garak q’zolari bo‘lgan. Hozirgi teatr 20 kishidan iborat bo‘lib, ular orasida yosh va iqtidorli yigit va qizlar bor. Qo‘g‘irchoqsozlik san’ati eski o‘zbek an’anasiga, ya’ni usta-shogirdchilikka asosan yo‘lga qo‘yilgan.

   Artistlar tamoshalar qo‘yish bilan bir qatorda o‘zlari sahnani bezatishadi, qo‘g‘irchoqlar va ularga kiyimlar tikishadi, musiqiy asboblarni chalib, raqsga tushadilar va qo‘shiq kuylaydilar. Teatr repertuaridan folklor va bolalar dasturi o‘rin olgan bo‘lib, o‘z ichiga 60 ta spektaklni olgan. Eng ommaboplari “Xiva lazgi” va “Xon qabuli”dir, ko‘pchilik tamoshalarning bosh qahramoni esa xalqning yaxshi ko‘rgan kishisi Xo‘ja Nasriddindir. Tamoshalar o‘zbek tilida namoyish etiladi, lekin vaqtlar kelib tamoshalar boshqa tillarda qo‘yilishi rejalashtirilgan. Shunday bo‘lsada, tamoshalar o‘zbek tilida ham tushunarli, mavzusi sodda va kulgili, aktyorlar ijrosi shunchalik ifodaliki, ularni so‘zsiz tushunsa bo‘ladi.

   Tamoshaga kirish chiptalarining narhi bor-yo‘g‘i 5-6 $ tashkil qiladi, lekin artistlar uchun pul muhim emas, zero, tamoshabinlarning minnatdor tahsini ularga shodlik va quvonch olib keladi.

 


Manba: http://www.advantour.com/rus/uzbekistan/khiva/khiva-puppet-theater.htm

Galereya