Sadriddin Ayniy uy-muzeyi

  • 20 Aprel, 2015
  •   0
  • 0
  • 16122

Sadriddin Ayniy (haqiqiy ismi Sadriddin Said-Murodzoda; t. 1878) - 29-dekabr, 1954) yirik tojik yozuvchisi va shoiri, tojik va oʻzbek tillarida ijod qilgan.

Ayniy (taxallusi; asl ismi Sadriddin Saidmurodzoda) (1878.15.4, Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani — 1954.15.6, Dushanba) — yozuvchi, olim, jamoat arbobi. O‘zbek va tojik tilida yozgan. Tojikiston FA akad. va birinchi prezidenti (1951—54), O‘zbekiston FA faxriy a’zosi (1943), Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1940), filol. fanlari d-ri (1948), prof. (1950). Avval eski maktabda (1884—87), keyin madrasalar: Mir Arab (1890—91), Olimxon (1892—93), Badalbek (1894—96), Hoji Zohid (1896-99), Ko‘kaldosh (1899-1900)da tahsil olgan. Ahmad Donish va ozarbayjon yozuvchisi Hoja Marog‘iyning hamda jadid ma’rifatparvarlarining asarlari uning dunyoqarashiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. A. Buxoroda yangi usuldagi maktablar ochadi, ular uchun o‘quv qo‘llanmalar, ommani ilm-ma’rifatga chaqiruvchi she’r va hikoyalardan iborat "Yoshlar tarbiyasi" (1909) darsligini tuzadi. "Yosh buxoroliklar" harakatida faol qatnashadi. 1918—21 y.larda tojikcha, o‘zbekcha marsh, qo‘shiq va she’rlar yaratadi. "Buxoro jallodlari" (1922) povesti, "Buxoro mangit amirligining tarixi" (1921) asarida Buxoroning ijtimoiy-siyosiy hayoti ifodalangan. "Odina", "Qiz bola yoki Xolida" (1924), "Tojik adabiyotidan namunalar" (1926), "Qul bobo yoki ikki ozod" (1928) kabi qissa, hikoya, ocherklari muhim ahamiyatga ega. A. tojik va o‘zbek adabiyotlarining ming yillik tarixiy taraqqiyotida yeti-shib chiqqan 200 dan ortiq shoir, tarixchi, olim, tazkiranavislar hayoti va ijo-di haqida ma’lumot beradi. A. 1927-29 y.larda yirik romani "Doxunda"ni tojik tilida nashr ettirdi. 1934 y.da esa o‘zbek tilida "Qullar" romanini yaratdi. Unda o‘zbek va tojik xalqining yuz yillik hayoti aks etadi. A.ning "Eski maktab" (1935) asarida eski maktabdagi o‘qish va o‘qitish haqida hikoya qilinadi. Yigirmanchi yillarda e’lon qilingan qator hajviy asarlari, "Yana bu qaysi go‘rdan chiqdi", "Puling halol bo‘lsa, to'y qil" (1924), "Mashrab bobo", "E, to‘nim" (1925), "Bilganim yo‘q", "Kengash" (1926) kabi o‘zbekcha felyetonlari, 242hajviy she’r va maqolalari, ayniqsa, "Sudxo‘rning o‘limi" (1939) hajviy povesti yozuvchining mohir satirik ekanligini ko‘rsatdi. Muqanna va Temurmalik boshchiligidagi xalq qo‘zg‘olonini aks ettiruvchi adabiy-tarixiy ocherklar yozdi. U to‘rt qismdan iborat "Esdaliklar"ida (1949—54) Buxoroning o‘tmish hayoti va o‘sha davr ijtimoiy-madaniy muhitini yoritadi. A. adabiyotshunos, tilshunos, sharqshunos olim sifatida "Firdavsiy va uning "Shohnoma"si haqida" (1934), "Kamol Xo‘jandiy", "Shayxur-rais Abu Ali ibn Sino" (1939), "Us tod Rudakiy" (1940), "Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziy" (1942), "Alisher Navoiy" (1948), "Zayniddin Vosifiy" (uning "Badoye ul-vaqoye" asari haqida"), "Mirza Abdulqodir Bedil", Muqimiy, G‘afur G‘ulom va Said Nazar haqidagi asarlari o‘zbek va tojik adabiyotshunosligi va tanqidchiligida, "Fors va tojik tillari haqida", "Tojik tili" kabi ilmiy ishlari tojik tilshunosligida muhim voqea bo‘ldi. A.ning "Doxunda", "Qullar", "Sudxo‘rning o‘limi" va "Esdaliklar" asarlari xorijiy tillarga tarjima qilingan. O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalaridagi bir qator shahar, tumanlar, qishloqlar, ko‘chalar, maktablar, kutubxonalar, san’at va madaniyat muassasalari A. nomiga qo‘yilgan. Samarqandda A. yodgorlik uy-muzeyi ochilgan (1967).

Sadriddin Ayniy 1958-yilda chiqarilgan sovet markasida.

Sadriddin Ayniy (Sadriddin Saidmurodov) 1878 yil 15 aprelda Buxoro viloyatining G’ijduvon tumanidagi Soktare qishlog‘ida o‘rtahol dehqon oilasida tug‘ilgan. 1884 - 87 yillarda qishloqdagi boshlang‘ich maktabda, 1890 -1900 yillarda Mir Arab, Olimjon, Badalbek, Hoji Zohid, Ko‘kaldosh madrasalarida tahsil olgan. Unga Ahmad Donishning «Navodir ul-vaqoe», Xoja Marog‘iyning «Ibrohimbekning sayohati» asarlari jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Sadriddinning birinchi g‘azali «Guli surx» («Qizil gul») 1895 yilda yozilgandir. Sadriddin Ayniy Tojikiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti, O’zbekiston Fanlar akademiyasining faxriy a’zosi, tojik va o‘zbek adabiyotining buyuk namoyandasi, zullisonayn ijodkordir. Adibning asarlari o‘zbek tilida 8 jildda bosilib chiqqan. Sadriddin Ayniyning xasislik ramzi bo‘lgan qahramoni «Sudxo‘rning o‘limi» asaridagi Qori Ishkambadir. Adib 1954 yil 15 iyulda Dushanbe shahrida vafot etgan.


Manba: http://www.поиск.uz/sadriddin_ajni_muzeji/197934