Quva budda ibodatxonasi

Farg‘ona viloyati Quva tumani markazining shimoliy-g‘arbida bir necha oy davomida Quva qadimiy shaharchasida qazish ishlari olib borilgan. Erta o‘rta asrlarda Quva deyarli yirik savdo-hunarmandlik yashash joyi bo‘lib, bu yerda hunarmandlik, xususan, kulolchilik, zargarlik hamda metalga ishlov berish kabi kasblar rivojlangan. Arxeologik topilmalarga ko‘ra, er.av. IV - III asarlarda paydo bo‘lgan. Farg‘ona vodiysining markazi sifatida Quvadagi siyosiy va ijtimoiy hayot XIII asrgacha davom etgan va Chingizxon hujumigadan so‘ng uzulgan. Olimlar tomonidan vayronalar topilgan bo‘lib, ularda saksonga yaqin yashash joylari, hunarmanchilik ustaxonalari, markaziy xiyobon va beshta ko‘cha bo‘lganligi o‘rganilgan.

X-XI asrlarga tegishli madaniyat o‘chog‘i ostida budda ibodatxonasi qoldiqlari topilgan. U tabiiy bo‘rtib chiqqan tepalikka qurilgan bo‘lib, eng cho‘qqisiga toshdan qilingan zina-poya yetaklaydi va mahalliy aholi yashash joyidan balandlikda turib, shaharning uzoq nuqtalaridan ko‘rinib turadi. Shaharchaning aholi yashovchi dahalaridan u zina-poyali poydevor ustidagi paxsadan qurilgan devor bilan ajratilgan.

Budda majmuasi qoldiqlari keyingi vaqtlar qatlamlari ostida topilgan, shu o‘rinda, X-XI asrlarga tegishli uch qavatli qabrlar ham. Ibodatxona paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan, tomi esa taxtadan bo‘lgan. Uning baquvvat devorlari bor-yo‘g‘i 2 metrlik balandlikkacha saqlanib qolgan bo‘lsa-da, bu olimlarga budda ibodatxonasi tuzilishini qaytadan ishlab chiqishga yordam berdi. Cherkov ibodatxonasiga kirish janubiy tarafdan bo‘lib, bir metr balandlikka ko‘tarilgan. Ibodatxona atroflarida, cherkov devorlariga so‘fi supasi joylashtirilgan. Bu yerda ilohlarga gullar, mevalar va iforlar kabi qurbonliklar keltirishgan.

Sharqdan ibodatxonaga to‘g‘ri burchakli bino biriktirilgan bo‘lib, janubdan shimolga qaragan. Devorlaridan birida arxeologlar tomonidan xom g‘ishtdan qurilgan supa aniqlangan bo‘lib, uning ustida qurbonlik qilish uchun idishlar, iforli shamlar va xushbo‘y o‘tlar savdo-sotig‘i bilan shug‘ullanilgan, degan ehtimol bor, zero, bu yerda butun, siniq va bezakli idishlar qoldiqlari topilgan. Budxonaning janubiy qismida chuqur taxmonda ayvon joylashgan bo‘lib, haykalchalarga asos o‘rnida xizmat qilgan. Bu yerda askarlar kuzatuvidagi ikkita ot haykali qoldiqlari topilgan.

Kirvurishni berkitib, yiqilib yotgan budda haykali bo‘lgan, uning o‘lchami odamga ikki yarim barobar kelgan. Atrofida boshqa budda qahramonlari qoldiqlari topilgan, xususan, buddizm himoyachisi Shri-Devi ma’budasi. Olimlarning taxminicha, ayvonda topilgan kompozitsiya Shri-Devi boshchiligidagi hamda Budda dushmani bo‘lmish Mar yo‘lboshchiligidagi qo‘shinning yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurashini ifodalagan.

Olimlar u yoki bu haykal qaysi ipostasga tegishli ekanligini haykalchalarning rangiga ko‘ra aniqlaganlar. Yaxshilik ilohlari moviy rangda, qaymoq rangda hamda oq bo‘yoqlarda va sariq, qizil va ko‘k kiyimdagi haykalchalarda bo‘lishgan. Ularning boshlariga knyazlik diademalari, bilaklariga bilakuzuklar taqilgan bo‘lib, ular gullar bila bezalgan, shiqildoq va gul-bezaklar bilan ziynatlangan. E’tiqod ilohlari himoyachilari ko‘k va qora ranglarga bo‘yalib, katta ekspressiya bilan ifodalangan. Ular yovuz iblislarni qo‘rqitish uchun qahr bilan aks ettirilgan. Ularning gulchambar va marjonlariga bosh suyaklar kiydirilgan, bilakuzuklari ilon ko‘rinishida, yopqichlari va bog‘ichlari yo‘lbars terisidan, sochlari esa gulxan olovi kabi jilovlanadi.

Quvadagi budda majmuasining aniq sanasi aniqlanmagan. Lekin uning ravnaq topgan vaqti VII asr ikkinchi yarmiga kelgani ma’lum. XIII asrda cherkov arablar tomonidan vayron qilingan. Shuningdek, ibodatxona qoldiqlaridan bu yerda katta yong‘in sodir bo‘lganligi ma’lum. Qadimiy Quva qazilmalari shuni tasdiqlaydiki, eramizning avvalida O‘zbekiston maydonida buddizm diyni nafaqat budda haykalchalari keng tarqalgan yer — Surxandaryo, balki uzoq shimol, ya’ni Farg‘ona vodiysigacha kirib borgan. 


Manba: http://www.manzaratourism.com/ru/uzbekistan/buddhist-complex-kuba-site