Qozi kalon madrasasi

  • 22 Iyul, 2015
  •   0
  • 0
  • 10639

Qozi Kalon madrasasi 1905 yilda Xiva xonining bosh qozisi Salim Oxun tomonidan qurilgan.

Madrasaning qiyofasi va sahni uncha katta emas, boshqa madrasalardan farq qilmaydi, ammo o‘qitish uslubi bilan boshqa madrasalardan farq qilgan. Bu madrasada diniy bilimlar bilan bir qatorda qonunshunoslik, turli soliq va zakotlar yig‘ish, ya’ni yuridik bilimlar berilgan.

Madrasani maydoni 32,5x23,4 m, darsxonaning o‘lchami 4,7x4,7 metr, unga yondosh masjid joylashgan. Madrasada 15 hujra bor. Madrasa qurilishida eng mashhur ustalar Xudaybergan Hoji, Qalandar Qo‘chim, Bog‘bek Abdurahmonov, Matchon Kulimov, Vais kulol va boshqalar ishtirok qilganlar, xalq ustasi Abdulla Boltayevni aytishicha, madrasada 35 ta talaba ta’lim olgan.


Manba: http://khivamuseum.uz/index.php/historical-objects/mosques/31-qozikalon