Orol dengizi

  • 20 Aprel, 2015
  •   0
  • 0
  • 35014

Orol dengizi — Oʻrta Osiyodagi eng katta berk shoʻr koʻl. Maʼmuriy jihatdan O.d.ning yarmidan koʻproq jan.-gʻarbiy qismi Oʻzbekiston (Qoraqalpogʻiston), shim.-sharqiy qismi Qozogʻiston hududida joylashgan. Oʻtgan asrning 60-y.larigacha O.d. maydoni orollari bilan oʻrtacha 68,0 ming km² ni tashkil etgan. Kattaligi jihatidan dunyoda toʻrtinchi (Kaspiy dengizi, Amerikadagi Yuqori koʻl va Afrikadagi Viktoriya koʻlidan keyin), Yevrosiyo materigida (Kaspiydan keyin) ikkinchi oʻrinda edi. Dengiz shim.-sharkdan jan.-gʻarbga choʻzilgan, uz. 428 km, eng keng joyi 235 km (45° sh.k.) boʻlgan. Havzasining mayd. 690 ming km², suvining hajmi 1000 km³, oʻrtacha chuq. 16,5 m atrofida oʻzgarib turgan. Havzasining kattaligi uchun dengiz deb atalgan. O.d. yuqori pliotsenda Yer poʻstining egilgan yeridagi botiqda hosil boʻlgan. Tubining relyefi (gʻarbiy qismini qisobga olmaganda) tekis. O.d.da juda koʻp yarim orol va qoʻltiqlar boʻlgan. Shim. qirgʻoklarida eng katta qoʻltiqlaridan Chernishev, Paskevich, Sarichigʻanoq, Perovskiy, jan.-sharqiy va sharqiy qirgʻoqlarida Tushbas, Ashshibas, Oqsagʻa, Suluv va b., Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladigan joylarida Ajiboy, Tolliq, Jiltirbas qoʻltiklari, Qulonli va Moʻynoq yirik yarim orollari boʻlgan. O.d.da qadimdan suv sathi goh koʻtarilib, goh pasayib turgan. Keyingi geologik davrda Sariqamish va Oʻzboʻy orqali O.d. suvi vaqt-vaqti bilan Kaspiyga quyilgan, suv sathi ancha baland boʻlib, jan.vajan.-sharqidagi bir necha ming km² maydonli sohil suv ostida boʻlgan. O.d. unchalik chuqur emas. Chuqur joylari gʻarbiy qismida. Qoraqalpogʻiston Ustyurta yonida chuq. 69 m gacha yetgan.

Koʻlning sayoz joylari uning jan., jan.-sharqiy va sharqiy qismlariga toʻgʻri kelgan.

O.d. qirgʻoklarining morfologik tuzilishi juda murakkab. Ular bir-biridan baʼzi xususiyatlari bilan farqlanadi. Shim. qirgʻogʻi baland, ayrim yerlari past, chuqur qoʻltiqlar bor. Sharqiy qirgʻogʻi past; qumli, juda koʻp mayda qoʻltiq va orollar boʻlgan. Jan. qirgʻogʻi Amudaryo deltasidan hosil boʻlgan.


Manba: Wikipedia