Do‘stlik ko‘prigi — Amudaryo bo‘yidagi temiryo‘l-avtomobil ko‘prigi

  • Ob'yekt yaratilgan sana: 1981 yil
  • Hudud: Surxondaryo viloyati
  • Kategoriya: Texnik inshootlar
  • 28 Mart, 2017
  •   2
  • 0
  • 19792

Termiz yodgorliklaridan biri mashhur Do‘stlik ko‘prigidir. U O‘zbekiston hamda Afg‘onistonning janubida joylashgan afg‘onlarning port shahri bo‘lmish Xayraton va Termizni bog‘lab turuvchi yagona ko‘prikdir.

Bir asrdan ortiq vaqt avval yog‘ochdan ishlangan Do‘stlik ko‘prigi o‘rnida hozirda temir ko‘prik o‘rnatilgan. Ilk yog‘och ko‘prik 1888 yil may oyida Rossiya O‘rta Osiyoni bosib olishga endigina kirishgan vaqt chor Rossiya armiyasi generali M. Annenkov boshchiligida qurilgan. U vaqtda Kaspiy dengisi ortidagi temir yo‘l qurilishi sababli Amudaryodan o‘tuvchi ko‘prik zarur bo‘lgan.

Shunda Amudaryo temir yo‘li ko‘prigi yog‘ochdan mustahkamlanib, uning uzunligi deyarli 3 metrni tashkil qilgan. Ko‘prik nomini o‘z vaqtining eng yirik ustasi bergan. Afsuski, ko‘prik bor-yo‘g‘i 14 yilgina xizmat qildi: daryoning shiddat bilan oqishi hamda uning qumloq tubi sababli ko‘prik vayron bo‘la boshladi va tez orada yaroqsiz holatga keldi.

XX asr boshlarida Kaspiy dengizi temir yo‘li O‘rta Osiyo nomina o‘zgartirildi, zero, endi u butun Turkistonni qoplar edi. Amudaryo ko‘prigiga bo‘lgan ehtiyoj nihoyatdi katta ediki, darhol tiklanishi zarur edi.

Yangi, shu bilan birga temirdan bo‘lgan ko‘prik qurilishi 1902 yil boshlangan. Rossiya hukumati ko‘prik qurilishiga 5 million rubl ajratgan bo‘lib, o‘z vaqtida bu pul juda katta hisoblangan. Qurilishga mashhur muhandis, Janubiy Sibir, Orol dengizi va boshqa temir yo‘llar qurilishida yetarlicha tajribaga ega bo‘lmish S. Olshevskiy rahbarlik qilgan. U dunyodagi eng yirik ko‘priklaridan biriga aylangan itoatsiz Amudaryo ustidan mustahkam qilib 27 qavat ko‘prik qurgan. Qurilish ishlari vijdonan amalga oshirilgan. Ehtimol, shu sababli keyingi ta’mirlash ishlari qurilishdan 77 yilgina o‘tib, ya’ni sovet hukumati davriga kelibgina amalga oshirilgan.

Hozirgi temir yo‘l-avtomobil ko‘prigining uzunligi 816 metr bo‘lib, 1981 yil Afg‘onistonda urush avj olgan vaqti qurilgan. U vaqt sovet qo‘shinlarining bir qismi Afg‘onistondan chiqqanligining belgisi o‘rnida ko‘prikka Do‘stlik nomi berilgan, toki, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar do‘stona bo‘lsin. 1989 yil aynan shu ko‘prik ustida Afg‘onistondan sovet qo‘shinlari chiqishi tantanali ravishda nishonlangan.

90-x yillar Afg‘onistonda urush yakunlanishi arafasida tolibonlar Afg‘oniston poytaxtining shimoliy qismini bosib olishdi, Do‘stlik ko‘prigi esa Xayraton nomiga o‘zgartirildi. Xavfsizlik uchun ko‘prik berkitib qo‘yildi, uni qaytadan ishga tushirilishi 2001 yilga kelib boshlandi. Ko‘prikning tantanali ochilishi o‘rnida 16 ta ijtimoiy yordam vagonlari olib o‘tildi va ko‘prik yana Do‘stlik nomini oldi. Bugungi kunda ko‘prik hamon jamoatga xizmat qilib, undan ko‘plab og‘ir yuk mashinalari yurish bilan birga avtomobillar ham olib o‘tiladi. 


Manba: http://www.advantour.com/rus/uzbekistan/termez/friendship-bridge.htm

Galereya