Toshkentda yangi qurilgan «Minor» jome’ masjidining ochilish marosimi 2014 yil 1 oktyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
2013 yilda qabul qilingan «Toshkent shahrining Minor mahallasi hududida masjid barpo etish chora-tadbirlari to‘g’risida»gi Prezident qaroriga binoan barpo etilgan ushbu jome’ masjidi milliy me’morchik an’analarini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, bir paytning o‘zida 3 mingdan ziyod namozxonni bag’riga sig’dira oladi.
Loyihaga ko‘ra, masjidning bosh binosi – ikki qavatli xonaqoh qad ko‘tardi, ikkita peshtoq, balandligi 38 metr bo‘lgan ikkita minora va bir gumbaz nafaqat kichik halqa yo‘l, balki olis-olislardan ham ko‘rinib, qo‘r to‘kib turadi. Masjid hovlisining ikki tomonida milliy yog’och o‘ymakorligi uslublarida bezatilgan ustunlar o‘rnatilishi o‘ziga xos salobat kasb etadi.