Ishratxona maqbarasi

  • 20 Aprel, 2015
  •   0
  • 0
  • 13172

Ishratxona — Samarqanddagi meʼ-moriy yodgorlik. Amir Temur davrida qurilgan (1397—98) bogʻi Dilkusho oʻrtasidagi koʻshk binosi. I. ning meʼmoriy shakllari, nafis bezaklari xashamatli.

Baland devor bilan oʻrab olingan bogʻ oʻrtasidagi kurkam imorat — koʻshki Dilkusho (tarhi 30x22,4 m) peshtoqining ikki qanotiga ikki oshyonli xonalar yondoshgan. Izorasi toshdan, bezaklari silliq gʻishtdan, choklari fe-ruza va lojuvard rang koshin bilan qoplangan. Peshtoq ravogʻi ichida yana bir kichik ravoq boʻlib, uning ichki devoriga izora ishlangan. Ikki yonidagi kichik eshikchalar va darvoza orqali ichkariga kirilgan. Ikki oshyon balandligidagi katta xonaqoh — miyonsaroy (tarhi 8x8 m) toʻridagi eshik orqali tashqariga chiqilgan. Jan. dan 3 xonali saroyga oʻtiladi. Shim. dan esa mexrobli, uzunchoq xonai xos (taxminlarga koʻra, koʻshk masjidi)ga oʻtilgan. Mi-yonsaroyning tashqi burchaklarida 4 aylana zina boʻlib, ular orqali yuqoridagi oshyon xona (hujra)larga va gumbaz tomga chiqilgan. Miyonsaroy ostidagi 8 qirrali yer osti "sardoba" — tagxonasida saroy mulki va oziqovqat mahsulotlari saqlangan. Tagxona izorasi koshin va toshdan ishlangan.

Miyonsaroy shipi juda murakkab oʻzaro kesishuvchi ravoklar va burchaklardagi qalqonsimon bagʻallardan tashkil topgan. Izorasi koshinkori naqsh, uning tepasi oppok, ganch ustiga ishlangan rangbarang naqshinkor gullar chama’nzoriga aylangan. Ular orasida bir oz boʻrtib turgan kundal gullari xonani yanada jilvador etgan. Miyonsaroy usti tashqi tomondan ikkinchi gumbaz bilan qoplangan. Bu gumbaz baland davra chambarakka urnatilgani uchun ham qaddi raso va mahobatli. Chambarak yuzasi girihli koshinkor naqshlar bilan bezatilgan. Gumbaz butunlay feruza gʻishtlar bilan krplangan. Shuning uchun ham koʻshk keyinroq "koʻk gumbaz" nomi bilan atalgan. I. dagi islimiy va girih naqshlar, zarhal kundal bezaklar milliy meʼmorlik xazinasidagi noyob durdonalardan hisoblanadi.

Hozir ham I. ning qoldiklari garchi ancha qismini yoʻqotgan boʻlsada, kurkam va jozibali koʻrinadi. Uning baland gumbazi 1903 y. dagi kuchli zilzila vaqtida qulab tushgan. Pekin gumbaz tuzilishini 1872 y. da olingan su-ratdan aniqlab olish mumkin. I. binosi Amir Temur Samarkand atrofida alohida ixlos b-n, shaxsan oʻzi nazo-ratida qurilgan bogʻ koʻshklari ichida eng mashhuri va eng muxtashami sifatida, ayniqsa saklanib qolgan yagona namuna sifatida Oʻzbekiston meʼmorligi tarixida alohida oʻrin tutadi.


Manba: http://www.поиск.uz/ishrathona/197480