Eshon Bo‘rixoja Sanchiqmoniy masjidi

  • 17 Aprel, 2015
  •   0
  • 0
  • 7896

Ko‘kcha dahasidagi madrasalardan biri Sanchiqmon mahallasidagi Eshon Bo‘rixoja Sanchiqmoniy madrasasi bo‘lib, u Qo‘qon xoni Umarxon davrida (1810–1822) pishiq g‘ishtdan qurilgan. Arxiv hujjatlarida, madrasa 1820 yili qurildi, deb ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, Ko‘kcha dahasining Pichoqchilik mahallasida Sharafboy madrasasi bo‘lgan. “Tarixi jadidayi Toshkand” asarida keltirilishicha, Toshkentda ikkita Shukurxon nomli madrasa bo‘lib, biri Ko‘kcha dahasidagi bozor yonida, yana biri esa Sebzor dahasida, Tinchbof guzarida qurilgan. Ko‘kcha dahasidagi madrasalar darsxona, hujralar va masjiddan iborat o‘rtacha madrasalar bo‘lgan. Hozirgi kunda bu madrasa - To‘xtaboy jome' masjidi deb yuritiladi.


Manba: http://buxoriy.uz/index.php/maqolalar/288-toshkentning-maszhid-va-madrasalari