Dalvarzintepa shahar xarobasi

  • 26 May, 2015
  •   0
  • 0
  • 10600

Dalvarzintepa- qad. Shahar xarobasi. Surxondaryo viloyati SHo‘rchi tumani markazi- SHo‘rchi sh.dan 10 km shim.-sharkda joylashgan. Mayd. 47 ga. D. 2 qismdan: qudratli mudofaa devori (qalinligi10 m.gacha) b-n o‘rab olin-gan shoh saroy qal'asi va shaharning o‘zidan iborat. Shahar ham mudofaaning istehkomli tizimiga ega bo‘lib, bu yerda aslzodalar, hunarmandlar, kulollar, savdogarlar va ruhoniylar istiqomat qilishgan.

O‘zbekiston san'atshunoslik ilmiy tadqiqot in-tining san'atshunos-lik ekspeditsiyasi Dalvarzintepada 1962 y. dastlabki tekshiruv ishlarini va 1967 yildan buyon muntazam arxeologik qidiruv ishlarini olib boradi. Dushanba sh.da «Kushonlar davrida Markaziy Osiyo» mavzuida o‘tgan xalqaro simpoziumi (1968) da ekspeditsiya topilmalari (haykallar, kulolchilik buyumlari, shahar mudofaa inshootlarini o‘rganish natijalari va h.k.) asosida Kushon podsholigining dastlabki poytaxti Dalvarzintepa o‘rnida bo‘lgan, degan faraz oldinga surilgan edi. Mil.av. 2-a. oxiri-1-a.larda hoz. Dalvarzintepa o‘rnida kichik manzilgoh paydo bo‘lgan. Kushon podsholaridan Kanishka davrida Dalvarzintepa shahar sifatida shakllangan. Mil. av. 1-a. oxiri- mil. boshlarida Shim.

Baqtriya hududida Dalvarzintepadan boshqa bunchalik yirik shahar manbalarda qayd etil-magan. Shahar hududida uni bir qancha mahallalarga ajratgan shohko‘chalar, shu-ningdek, torko‘chalar bo‘lgan. Kengligi 12 m.ga yaqin shoh ko‘chalardan biri badavlat fuqarolarning uylaridan ikkitasiga (dala belgisi: DT-5 va DT-6) borib takaladi. 1972 y. ekspeditsiya shu uylarning biridan vazni salkam 36 kg chamasi keladigan oltin bezaklardan va yombilardan iborat noyob xazinani va fil suyagidan ishlangan, dunyoda eng qad. bo‘lgan shax-mat donalarini topdi (q. Dalvarzintepa xazinasi). Badavlat fuqarolarning mahallasidan tashqari shaharda, arkka (qo‘rg‘onga) yaqin yerda hunarmandlar va kulollarning uylari joylashgan.

Shu yerda ko‘p xonali uy, kulolchilik buyum-larini quritish may-donchasi va11 xum-don ochildi. Qad. sharobpazlar yashab, ishlagan uylar va musallasxonalar shaharning qarshi tomonida joylashgan. Dalvarzintepaning shim.-g‘arbiy qismidan Kushon ma'budalaridan biriga bag‘ishlangan ibodatxona topilgan. Shahar devori tashqarisida esa budda ibodatxonasi va aslzodalar dafn etilgan daxma topildi. Asosiy shohko‘chalardan biri o‘tgan shahar markazida budda majmuasi- ulug‘vor haykallari bo‘lgan ibodatxona qad ko‘targan (dala belgisi: DT-25).

Mil. 3-a. oxiri- 4-a. boshlarida Kushon podsholigi eftaliylar tomonidan zabt etilgandan keyin Dalvarzintepa vayron kilinib hayot faqat uning bir qismidagina (hoz. qal'a(hisor) shoh saroyi o‘rnida) saqlanib kelgan. Arablar istilosidan so‘ng shahar batamom vayron kilinib, hayot Dalvarzintepadan 10 km chamasi sharqtsa, Budrochtepa o‘rniga ko‘chgan. 1989 y. Dalvarzintepani o‘rganishda yangi bosqich bo‘ldi- O‘zbekistan san'atshu-noslik ekspeditsiyasi b-n Yaponiyaning Tokiodagi Soka un-ti va Kashixarada-gi Arxeologiya in-tining prof. Kyud-zo Kato rahbarligidagi ekspeditsiyasi qamkorlikda ish olib borishmoqda.

Markaziy Osiyo buddaviylik tarixini o‘rganish, buddaviylik personajlari iko-nografiyasi, shaqarsozlik jarayonining o‘ziga xos jihatlari va qonuniyatlari, davlatchilikning shakllanishi, Buyuk ipak yo‘li izlari, Kushonlar davrida-gi diniy e'tiqodlarning o‘zaro ta'siri va ular Baqtriya-Toxariston san'atida aks ettirilishi yapon va o‘zbek olimlari oldidagi eng dolzarb ilmiy muammolar qatorida turadi.

Bahodir Turg‘unov, O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi


Manba: http://welcomeuzbekistan.uz/ru/dostoprimechatelnosti/dostoprimechatelnosti-termez/1223-dalverzintepa.html