Samarqanddan 40 km masofada Urgut nomli qadimiy shahar joylashgan. Urgut shahrining yodgorliklaridan biri Chor Chinor bog‘idir. Asrlik chinorlar usgan xiyobon buloq suvi bilan sug‘orilib turadi. Chor Chinor maydonida hovuz bo‘lib, uning atrofida sayyorhar, mahalliy aholi yig‘ilib, hordiq chiqarishadi, buloq chashmasi suvidan bahramnad bo‘lishadi.
Eng qadimiy chinorlar uzunligi 16 metr balandlikkacha yetadi, “eng yosh” daraxt esa taxminan 600 yoshda. Deyarli har bir daraxtda taxminiy yoshi yozilgan peshtaxtachalar osilgan. Eng qari daraxt yoshi 1000 dan oshiq.
Chor-Chinor muqaddas joy hisoblanadi. Uning maydonida masjid ham bo‘lib, uning qurilishi XX asr boshlarida boshlangan.
Shuningdek, Chor Chinorda antiqa bir chinor ham bor. Daraxtning katta kavagi bo‘lib, bugungi kunda u yerda muzey tashkil qilingan. Qachonlardir chinor darveshlarning yashirin jamiyatiga tegishli qarorgohi bo‘lgan, uning ichida qirqtagacha darvesh yig‘iligi mumkin bo‘lgan. Shunday vaqtlar bo‘lganki, kavak ichiga so‘fiylarning butun boshli maktabi sig‘gan bo‘lib, buni bizgacha yetib kelgan eski suratlar tasdiqlaydi.
Yozning jazirama kunlar chinor osti salqin-soya joyga aylansa, qishning izg‘irin kunlari daraxlar salqindan himoyalaydi.
Mahalliy aholi gap-so‘zlariga ko‘ra, 70 yillar bu daraxtlarni kesib tashlamoqchi bo‘lishgan ekan, biroq daraxt shu darajada chuqur ildiz otib ketgan ekan-ki, ularni joyidan qimirlata olishmagan ekan.
“Bu hikoyani menga bir oqsoqol so‘zlab bergan, unga esa dodasi aytib bergan ekan. Uning dodasiga esa yoshligidan buvasi so‘zlab berganmish. Umuman olganda, bu hikoyaga ming yildan oshgan. Kunlardan bir kuni, bir dovbyurak baxodir, (baxodir ismi oqsoqol esidan chiqqan, xayoliy ismini oqsoqol aytgisi kelmadi, axir, bu xayotiy voqea-ku!) devlarning bir toshini o‘g‘irlab ketgan. Bilamizki, o‘g‘irlik — bu katta gunoh, lekin bu ishni baxodir xayrli ish uchun qilgan. Shunday qilib, butun boshli qo‘shin ko‘tara ololmaydigan toshni olgan va yelkasiga tashlab, tog‘li tumani bo‘lmish Mazandaran shaytondan devlar qarorgohi Urgut tomon olib borgan. Devlar baxodir yo‘lida turli xil to‘siqlar qo‘yishgan: xoh oyog‘i ostiga xoda tashlab qo‘yishsin, xoh chog‘ qazib qo‘yishsin, Baxodir yuk biror martta tushurib yubormay, manzilgacha ko‘tarib borgan. U Urgutgacha yetib borganda, tosh ustiga to‘rtta qush o‘tiradi. Qushlar juda katta va betakror husnkor bo‘lgan. Har bir qush tumshug‘ida chinor kurtagi bo‘lgan. Baxodir yelkasidagi yukni tashlab, uyquga ketadi. Yetti kundan so‘ng uyg‘ungan Baxodir tosh ostidan oqayogan chashmani ko‘radi, chashma yonida to‘rtta chinor kurtagiga ko‘zi tushadi.Baxodir bu chinorlarni ekib, bu joyni Chor Chinor deya nomlaydi. Asrlar o‘tdi, Chinorlar yangi kurtaklar otib, katta bog‘ga aylandi. Bog‘ga odamlar keladi: kimdur o‘zi, kimlardir oilasi, do‘stlari bilan. Kimdur iltijo qilishga, yana kimdur shifobaxsh havodan, ayniqcha qalb uchun shifo havodan bahramand bo‘lgani. Bu yerda bolalar yugurib yuradi, beg‘amlik kayfiyatiga sho‘ng‘ish uchun turli xil mamlakatlardan sayyohlar tashrif buyurishadi.”
Фото с форума Винского: форум самостоятельных путешественников http://forum.awd.ru/