Bikanjon-bika majmuasi

  • 24 Iyul, 2015
  •   0
  • 0
  • 8930

Mazkur tarixiy-madaniy majmua mamlakatdagi juda mashhur shaxs Shoqalandar boboning bevosita yaqinliida qurilgan. Bugun ushbu majmua tarkibiga bir nechta binolar kiradi:

• Madrasa;

• Minora;

• Masjid.

Ko‘plab afsonalarga ko‘ra Shoqalandar bobo shox bo‘lib, hokimiyatdan voz kechib, jahongashtalik qilishga qaror qiladi. U darveshlik qiladi. Bu so‘zning ma’nosi qalandar. Xiva shahriga u do‘stlari bilan kelib, bu yerda qolishga qaror qilishadi. Shoqalandan bobo yorug‘ dunyoni tark etgach, uning so‘nggi kunlari o‘tgan yerga katta maqbara barpo etishadi.

Qurilish jarayoni muammolarga to‘la bo‘lgan

Madrasa, masjid va minoradan tashkil topgan madaniy majmua qadimiy yerda barpo qilingan.

Rivoyatlarga ko‘ra Shoqalandar bobo shox bo‘lib, hokimiyatdan voz kechib, jahongashtalikni, ya’ni qalandarlikni tanlaydi. Ikki nafar darvesh bilan Xivaga kelib, bu yerda qolib ketadi.

Shoqalandar boboning o‘limidan so‘ng shogirdlari qabri ustiga maqbara barpo etib, bu joy keyinchalik ziyoratgohga aylangan. Ko‘plab tarixiy manbaalardagi ma’lumotlarga ko‘ra maqbaraning qurilishi XVI asr o‘rtalarida boshlangan. 1894 yilga kelib, uning atrofiga masjid, madrasa hamda minora qurilgan. Qurilishning me’mori va bosh quruvchisi usta Abdullo bo‘lgan. Keksalarning rivoyatlarida usta Abdullo ismi juda mashhurdir. Madrasa qurilishini xonning o‘g‘illaridan boshlagan, imorat poydevori qurilgach, u olamdan o‘tib, qurilish ishlari 4 yilga to‘xtab qoladi. 

Muhammad Rahimxon II ning singlisi Bekanjon-Beka qurilishni tugatishga qaror qiladi.

Tarixshunoslarning so‘nggi aniqlagan ma’lumotlariga ko‘ra qurilish jarayoni beruxsat boshlangan. Xon o‘zboshimchalik haqida eshitgach, kelishilmagan qurilishni darhol to‘xtatishga buyruq beradi. Vaqt o‘tib, xon rahm qilib, qurilish davom etishiga ruhsat beradi, lekin boshqa muammo yuzaga keladi. Afsuski, Muhammad Rahimxon II Feruzda qurilishni tugatishga yetarlicha mablag‘ bo‘lmagan. Yuzaga kelgan muammoning yechimi o‘rnida xon ikki nafar pudratchiga yetarli mablag‘ni yig‘ishni buyuradi. Qurilishni yakunlagan ustaning ismi Usta Ovul.

Majmuaning me’moriy xususiyatlari

Binoning kirish qismidan to‘rt metr masofada, deyarli bosh fasadning markazida minora joylashgan. Majmuaning bosh fasadi shimolga qaragan, to‘rt burchak asosli, lekin hovlisi ko‘ndalang tushgan va kirish qasmi assimetrik mujmuali bir qavatli madrasadan tashkil topgan.

Unga kirish gumbazli qatorlar orqali o‘tuvchi yo‘lakli uch gumbazli ayvondan boshlangan. Darsxonalar va masjidin me’morchiligi o‘ziga xos: 

Darsxona to‘sin bilan qoplangan, masjid esa sferasimon gumbaz bilan qoplangan.

Ayvondan asosiy fasadga chiqish yo‘li qo‘shilgan. To‘g‘ri burchakli xujralar “balxi” qubbasi bilan berkitilgan.

Asosiy fasad uning ortidagi binolardan alohida qilib qurilgan.

Bosh chizmada madrasa o‘lchami 32,0 x 32,0 metr, pofdevor minora diametri 6,5 metr, balandligi 18 metr. Maqbara 6,2 x 6,2 metr, hujra 4,0 x 4,0 metr. Butun bino janubdan shimolga tomon aniq yo‘nalishga ega. Me’moriy majmuaning markaziy qismi to‘rtburchak shakldagi madrasa bo‘lib, uning balandligi bir qavatdan oshmaydi. Madrasaning kirish bo‘limi juda mashhur assimetrik xarakterga ega bo‘lib, kirish qismi 3-gumbazli ayvonga ega bo‘lgan. Masjid va darsxonalar o‘rtasida aniq farqlar mavjud:

1. Masjid binosi sferik shaklli ulkan gumbaz bilan qoplangan;

2. Darsxona tomi oddiy to‘sin bilan berkitilgan;

3. Kirish qismi bosh fasadga yaqin joylashgan;

4. Hujralar to‘g‘ri burchakli shaklda;

5. Hujralar qurilishida maxsus qubbalar, ya’ni balxlardan foydalanilgan;

6. Majmuaning bosh majmuasi qat’iy shimolga qaragan, loyihalar alohidadan barpo etilgan.

Bino fasadining deyarli ro‘parasida bosh minora qurilgan. Janubiy qismida xizmat binosi bor bo‘lib, yassi qilib berkitilgan to‘sin qoplami bilan farq qiladi. Bu yerda mahalliy uylarda istiqomat qiluvchi oilalardagi bolalar o‘rganishi uchun madrasa va namoz xonasi bo‘lgan, degan tahminlar bor.

Bugungi kungacha saqlanib qolgan dalillarga asoslangan holda minoraning balandligi ancha past bo‘lganligini aniqlasa bo‘ladi. Bino asosi esa ko‘plab romb shaklidagi mintaqalar yordamida bezalgan. Minoraning tepa qismi g‘ishtdan yasalgan 3-qavat sharaf bilan ziynatlangan.

Tadqiqotchilar Shoqalandar bobo bugungi kungacha saqlanib qolgan bir nechta dahma va ziyoratxonadan tashkil topgan 3 xonali bino bo‘lgan deb hisoblashadi.


Manba: http://igordiksa.com/?p=4466&lang=ru