Askiya –ikki va undan ortiq ishtirokchilar orasidagi dialog shaklidagi, berilgan mavzuda hazil-mutoyiba ko’rinishida bellashadigan, o’zbek xalq madaniyatining og’zaki turi hisoblanadi. Unda asosan erkaklar ishtirok etib, o’zbek tilini mukammal darajada bilishlari, improvizatsiya qila olishlari, kuchli taassurot qoldirish uchun hazil-mutoyibalarni ishlatgan holda tez va original fikrlashlari hamda javob berishlari kerak. Askiya hazil ko’rinishida bo’lishiga qaramay, kundalik hayotni kuzatish va muhim masalalarga e’tiborni qaratish bilan birga, aholini jamoat tendensiyasi va holatlari yuzasidan axborot berish bo’yicha muhim rol o’ynaydi.
Nomoddiy madaniy merosni qo’riqlash bo’yicha YUNESKO qo’mitasining 2014 yil 27 noyabr kuni Parijdagi to’qqizinchi sessiyasida o’zbek hazil-mutoyiba askiya madaniyatini insoniylik nomoddiy madaniy merosning Reprezentativ ro’yxatiga kiritildi.
Foto va tekst: www.unesco.org