​Muhammad Aminxon madrasasi

  • 22 Aprel, 2015
  •   0
  • 0
  • 7006

   Muhammad Aminxon madrasasi- Xivadagi me'moriy yodgorlik (1852-55). Muhammad Aminxon qurdirgan. Ichan qal'aning g‘arbiy qismida joylashgan. Madrasa ikki qavatli. Birinchi qavatidagi hujralar dahlizli, ikkinchi qavatdagilar ayvonli. Bu uslub Xiva madrasalari me'morligida ilk bor shu binoda qo‘llanilgan.

   Ayvonlarning qurilishi sodda, hovlining umumiy me'morligiga moye. Ikki qavatli ayvonlardagi qanoslar va qarama-qarshi qo‘yilgan peshtoqlar sirkor parchinlar bilan naqshlangan.

   Hujralar tomi balxi gumbaz bilan berkitilgan. Sharqiy qanotidagi masjid va g‘arbiy qanotidagi darsxonaning gumbazlari burchaklaridan chiqarilgan toqili qiya sathbag‘alga qo‘yilgan. Peshtoqining 6 qirrali kurkam ravog‘i ham sirkor parchinlar bilan bezatilgan. Masjidning baland gumbazi peshtokidan ancha yuqori ko‘tarilib turadi.

  Madrasaning baland va bezakdor peshtoqi o‘ziga xos mayda ravoqchalarga bo‘lingan, burcha-klaridagi mezanali guldastalar bi-noga salobat va go‘zallik bag‘ishlaydi. Binoda Xiva me'morlik maktabiga xos uslublarning eng yaxshi namunalari qo‘llangan. Bosh tarzidagi miyonsaroy 2 oshyonli, 5 gumbazli bo‘g‘imlarga ajra-tilgan. YOg‘och o‘ymakorligida ishlangan eshik va panjaralar noyob san'at asari hisoblanadi. Umumiy tarhi- 77x60,0 m; hovli38,0x38,0 m; masjid9,4x8,4 m; darsxona5,6x5,6 m. Madrasa ta'mirla-nib, mehmonxona uchun moslashtirilgan, o‘tmishda yirik o‘quv dargohi va shahar devonxonasi bo‘lgan.


Manba: http://www.advantour.com/rus/uzbekistan/khiva/amin-khan.htm