Sayyoramiz tabiati ajib tarzda o‘zaro hamo-hang tuzilgan. Har bir tabiat mintaqasi o‘zining xususiyati va chiroyiga esa, har bir mamlakat o‘zicha noyob va ajoyibdir. Hech qayerda bir xil vodiy yoki o‘xshash chashmani uchratmaysiz. Million yillar davomida yer sayyorasi ajib dunyoga aylangan bo‘lib, hayot bepayon xilma-xilliklar bilan limmo-limdir. Ba’zan ona tabiat bilan aloqani yo‘qotmaslik uchun behalovat shahar shovqinidan bir oz chetlashish darkor. Albatta, bu ishni shahardan chetlashmagan holda qilish mumkin. Zero, juda ko‘p shaharlarda noyob tabiat mintaqalari mavjud. Dunyoning shunday ajoyib nuqtalaridan biri Toshkent Botanika bog‘idir.
Ikkinchi Jahon urushi davrida butun SSSRdan Toshkent va uning yaqinidagi shaharlarga odamlar ko‘chirib o‘tilganda O‘zbekiston poytaxtida akademik Fyodor Rusanov tashabbusi bilan Botanika bog‘i ochilgan. Yarim asrlik vaqt mobaynida bu yerga dunyoning barcha burchaklaridan minglab o‘simliklar to‘plangan.
Bugungi kunda Toshkentning noyob tabiat mintaqasida 4500 dan ziyod daraxtlar, gullar va boshqa o‘simliklar mavjud. Botanika bog‘ining o‘zi 5 qismga bo‘lingandir. Ular Markaziy Osiyo florasi, Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerika va Yevropa floralariga to‘g‘ri kelib, o‘z ichiga Qrim, Kavkaz, Uzoq Sharq tabiat mintaqalarini olgan. Kesin kontinental bo‘lsa-da, O‘zbekistonning ijobiy klimati bois bu yerda boshqa klimatik mintaqalarning o‘simliklarini o‘stirish imkoniyati mavjud.
Ushbu ajoyib bog‘i bilan tanishish mayin pushti lotos gullari barq urgan kichik hovuzdan boshlanadi. Bog‘ bo‘ylab sayrni boshlarkansiz, u bir nechta yo‘laklarga bo‘lingan bo‘lib, ularning har biri markaziy maydonga olib boradi. Bu yerda bog‘ning barcha sektorlari tutashadi, shu sababli istalgan klimatik mintaqalar sayr qilishni boshlashingiz mumkin — xoh bu Amerika bo‘lsin, xoh Yevropa, xoh Osiyo. Lekin sayrni niyatlar tog‘idan boshlagan maqsadga muvofiq. Mazkur tepalikka bir yo‘lak olib boradi. Niyat qilish tartibi zinadan ko‘tarilishdan boshlanib, har bir zina poyani bosarkansiz, hayolan shu tilakka diqqatni jamlash va tepalikka chiqqach, daraxt shoxiga dastro‘molchani bog‘lab tilakni aytish lozim. Dastro‘mol yechilganda tilagingiz ro‘yobga chiqadi. Biroq, daraxtga rahm qilib, shunchaki tepalikka ko‘tarilishning o‘zi yetarli.
Botanika bog‘ida ochiq mintaqalar bilan bir qatorda issiqxona, oranjereya va dorivor o‘tlar uchun maxsus ko‘chatxona ham bor. Ularda tropik va subtropik mamlakatlarning juda ko‘p ekzotik o‘simliklari namoyish etilgan. O‘zbekistonda noyob sanalgan eng mashhur o‘simliklardan metasekvoyya, ginkgo, magnoliya, lola daraxti, yapon behisi, eremurus, botqoq sarvi, gulsapsar va boshqalardir.
Aytish joizki, bu bog‘ qishin-yozin o‘ziga xos go‘zallikka ega: bahorda bu bog‘ gullaydi, yozda yam-yashil bu bog‘da quyoshdan pana topish mumkin, kuzda — yorqin sariq rangdan to‘q qizil ranggacha tuslanuvchi ertakona ranglarda namoyon bo‘ladi. Bu yerda bolalar bilan, do‘stlar bilan sayrga kelish mumkin. Maktab ekskursiyalarini yoki O‘zbekiston ekologlari aktsiyasini uchratish mumkin. Mavrida, bu yerni ekskursiyachi bilan sayr qilish qiziqarliroq: Botanika bog‘i ishchisi noyob o‘simliklar bilan bog‘liq afsona va hikoyalarni ham so‘zlab beradi. Bu — haqiqatan ham sehrli joy bo‘lib, bu yerda miriqib hordiq chiqarish mumkin.