Otajonboy madrasasi - Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1884). Madrasa murakkab tarxli (19,9x17,25 m). Peshtogʻi jan.ga qaragan. 2 qanoti guldasta bilan bezatilgan. Peshtoq orqali gumbazli miyonsaroyga kiriladi. Kichik hovli (5,65*11,0 m) atrofi hujralar bilan oʻralgan.
Masjid gumbaz tomli, bagʻali qalqonsimon. Bagʻali va jan. devordagi mehrobga muqarnaslar ishlangan. Hujralar balxi gumbazli. 1970— 80 y.larda taʼmirlangan. Amaliy sanʼ-at ustaxonasi joylashgan.