Ota-Qo‘zi madrasasi

  • 26 May, 2015
  •   0
  • 0
  • 10519

Madrasa 1915 yil qurilgan bo‘lib Qirg‘iz Qo‘rg‘on ko‘chasi Paxtaobod tumanida joylashgan. O‘z davrining noyob inshooti Namangandagi usta Muhammadjon tomonidan qurilgan Otaulloh hamda Mulla Qirg‘iz madrasalarini qurdirgan Ota Qo‘zining (1855—1918) mablag‘iga qurligan. Madrasa bezaklari usta Sa’dullaxon tomonidan bajarilgan. Madrasa aylanasiga talabalarga dars o‘tilishi uchun mo‘ljallangan xonalar (xujra) bilan o‘ralgan, g‘arbdan esa masjid qad rostlagan.

Ota Qo‘zi madrasasi Farg‘onalik ustalar Qirg‘izboy hamda usta Mamajon tomonidan XX asr boshida barpo qilingan. Bino Andijonning shimolida Qirg‘iziston chegarasiga yaqin joyda joylashgan.

Me’morlar pishgan g‘ishtning barcha nafis imkoniyatlarini namoyish qilishgan. Ota Qo‘zi madrasasi binolarining hajmi bir-biridan baland. Shuningdek, minora majmuadan va hujra hajmidan baland ko‘tarilgan ark yoritgichli gumbaz bilan berkitilgan.

Ota Qo‘zi madrasasining umumiy majmuasi o‘z davrining binolariga monanddir. Majmuaning tashqa bezagida ham umumiylik mavjud bo‘lib, devor balandligi bo‘ylab vertikal qatorga saflangan dekorativ minoralar birlashadi. Shu bilan birga yodgorlik o‘zida Farg‘ona yeriga xos alohida xususiyatlarni jamlagan bo‘lib, o‘tmish yodgorligiga o‘zi xoslik bag‘ishlaydi. Bugun inshoot ta’mirlanib, o‘lkashunoslik muzeyi o‘rnida faoliyat ko‘rsatadi.


Source: www.vt.uz