Muso To‘ra madrasasi

  • 03 August, 2015
  •   0
  • 0
  • 8705

Madrasa Yusuf Yasulboshi madrasasidan keyinda, Ichan-qal'a markazida joylashgan. U 1841 yili Muhammad Rahim xon nabirasi va Olloqulixon jiyani Rahmonquli Inoqning o'g'li Muso To'ra tomonidan qurilgan. Xon sulolasi avlodiga To'ra so'zi qo'shildi. 1855 yilda Muso To'ra Turkman yomudlari jangida halok bo'ldi va madrasada dafn etildi. 

Madrasaga tepadan qaraganda u trapetsiya shaklga ega. Madrasa ikkita hovli, ikki gumbazli vestibyul, hujra, machit va darsxonalardan iborat. Bino qayta ta'mirlangan va milliy hunarmandlar mahsulotlari do'koni sifatida ishlatilmoqda.


Source: http://welcomeuzbekistan.uz/