Hazrati Bashir ziyoratgohi

  • 22 July, 2015
  •   0
  • 0
  • 38297

Hazrati Sulton Said Axmad Bashir (1368 – 1464). «Xazrati Bashir tarixi» kitobida Amir Temur Ko‘rogoniyning piri Said Barakaning ukalari Said Ne’matulloxning karomatlari, duolari tufayli olamga keladi, deyiladi. Hazrati Bashirning otalari Xo‘ja Xasan 90 yoshda, onalari Bibi Maloxat 80 yoshda bo‘lishlariga qaramay, farzandlari bo‘lmagan, deb ko‘rsatiladi. Bola tug‘ilgach ota – onasi unga Said Axmad deb nom qo‘yishadi. Onalari Bibi Malokatdan sut kelmagach, yosh Said Axmad sutsiz voyaga yetadi. Said Axmaddan keyin onalari yana Said Ali va Xoji Axmad ismli ikki nafar farzand ko‘radi.

Xazrati Bashir saloxiyat egasi bo‘lib yetishgach, u kishining ta’riflarini eshitib, bir tomoni Misr, bir tomoni Mo‘g‘ulistongacha bo‘lgan musulmon olamining turli burchaklaridan ko‘pgina kishilar kelib, Hazrati Sulton Said Axmad Bashir otaga shogird tushadilar.

«Miri Haqiqat» laqabiga sazovor bo‘lgan Said Axmad Bashir ota O‘rta Osiyoda «Naqshbandiya» ta’limoti tarqalgan bir zamonda ko‘proq Xo‘ja Ahmad Yassaviy tariqatiga ixlos qo‘ygan bo‘ladilar.

Hazrati Bashir Hazrati Muxammad Sallollohu alayxu vasallamning hijratlaridan keyin 768 yildan sung olamdan o‘tadilar va Bashir qishlog‘idagi Niyoztepada dafn etiladilar. U kishining qoldirgan meroslari va tariqatlari islom olamida katta qimmatga hamda o‘z o‘rniga ega bo‘lib qoldi. Ushbu ziyoratgoh mustakilliqdan keyin qurilishlar qilinib, obod maskanga aylantirildi. Bu yerga har yili minglab kishilar kelib, Hazrati Bashirning Niyoztepadagi qabrlarini ziyorat kilishadi.


Source: http://kitobsayyoh.uz/index.php/uz/kitob/kitob-azrati-bashir-zijoratgo-i-j-nalishi