Chayqalayotgan Sangijumоn toshi

  • 05 May, 2015
  •   0
  • 0
  • 19910

Sangijumon – Nurota tog‘ tizmasining tarmog‘i bo‘lgan Oqtovning janubiy yon bag‘rida, Sangijumon qishlog‘i(Xatirchi tuman, Oltinsoy f/x)da joylashgan. Qishloqning nomi ham ushbu harsangtosh(sangijuman: forscha tebranuvchi, qimirlovchi tosh degan manoda) nomiga qo‘yilgan. Mazkur tosh Sangijumon soyi bo‘yida 900 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, tog‘ yuzida bandidan uzilgan lola gul shaklida turibdi. Uning aylanasi 20 m, balandligi 6 m, og‘irligi 280 tonnadan ziyod.

Sangijumonni g‘arb tarfga qarab ko‘tarsa qimirlaydi va 7-10 martagacha qimirlab turadi. Ushbu ulkan harsang tosh shunchalik engil tebranib turadiki, uni hatto 12-14 yoshli bola ham bir qo‘lda qimirlatishi mumkin.

Bu tosh yaqinida ikkinchi sirli harsang tosh “Teshik tosh” bo‘lib, rivoyatlarga ko‘ra ushbu tosh teshigidan faqat gunohi yo‘q odamlargina o‘ta oladi.  


Source: Хатирчи тумани тарихи, Навоий китоб-альбоми