Mustaqillik va ezgulik monumenti

  • 15 July, 2015
  •   0
  • 0
  • 41165

Mustaqillik va ezgulik monumenti — Toshkent shahridagi Mustaqillik maydoniaa Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov gʻoyasi bilan bunyod etilgan meʼmoriybadiiy maj-mua. Oʻzbekiston istiqbolining dastlabki yillari (1992)da maydonda oʻrnatilgan obida Mustaqillik monumenti deb atalgan. Ramziy ravishdagi Yer sharida Oʻzbekiston Respublikasi xaritasi aks etgan ushbu obida jahon xaritasida mustaqil Oʻzbekiston mamlakati mustahkam oʻrin olganini ifodalaydi. 2005 yil 28 dek.da ushbu monument oldiga farzandini bagʻriga bosib turgan munis oʻzbek ayoli siymosi — Baxtiyor ona haykali oʻrnatildi (haykaltarosh I.Jabborov). Mustaqillik monumenti va Baxtiyor ona haykali Ezgulik arkasi, oq poyondoz shaklidagi keng yoʻlak bilan birga yaxlit ansamblni tashkil qiladi. Mustaqillik va ezgulik tushunchalarini ramziy tarzda uygʻun ifodalagan ushbu yodgorlik M. va e.m. deb ataldi.

2004—2005 yillarda Mustaqillik maydoni pa unga tutash hududda keng koʻlamdagi qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Vazirlar Mahkamasi binosi tubdan qayta taʼmirlandi, Senat binosi, Ezgulik arkasi, Tasviriy sanʼat gʻalereyasi kabi muhtasham meʼmoriy inshootlar, yashil maydon va xiyobonlar barpo etildi. Ayni vaqtda yangi Mach.muriy bino, Biznes markazi qurilipchi nihoyasiga yetmoqda. Bunday katta bunyodkorlik ishlari tufayli maydonning faqat qiyofasi emas, uning vazifasidagi mazmun-mohiyati ham oʻzgardi. Mustaqillik maydonining ijtimoiy-siyosiy hayotimizda tutgan muhim oʻrni va ahamiyatini inobatga olib hamda xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga istiqlol gʻoyalarini, milliy gʻurur va iftixor, vatanparvarlik tuygʻularini yanada chuqurroq singdirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidsntining 2006 yil 3 fevralda "Mustaqillik va ezgulik monu-menti toʻgʻrisida" qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi umumxalq bayramlari hamda davlat miqyosidagi boshqa tantanali marosimlarda, shuningdek, mustaqil taraqqiyotimiz, milliy qadriyatlarimiz b-p bogliq muhim sanalar, kasb bayramlarini nishonlash, tantana va anjumanlar oʻtkazish munosabati bilan M. va e.m. poyiga 1ulchambar qoʻyish rasmiy marosimini bslgilagan tartibda amalga oshirish joriy etildi va boshqa tadbirlar belgilandi.


Source: http://www.rutraveller.ru/place/8895