“O‘zbekistonning 7 mo’jizasi” Aktsiyasi
"ЎЗБЕКИСТОН 7 МЎЪЖИЗАСИ" Акцияси Ғолиблари
Oxirgi izohlar
  • Qirq qiz bulogi Olmaliq shaxridan 6 km. uzoqlikda deyilgan lekin xarita umuman boshqa er kursatilgan-ku
    Qirq qiz bulog‘i (Ko‘l ota)
  • http://savollar.islom.uz/savol/121438 - прочитайте ... Саъд ибн Абу Вак’к’ос - не был этих местах ...
    Sa‘d Ibn Abu Vaqqos ziyoratgohi
  • Judda zo'r
    Nurota davlat qo’riqxonasi
  • Ajoyib joylar
    Nurota davlat qo’riqxonasi
  • Пои Калян (узб. Poi Kalon аnsambli) — архитектурный ансамбль, расположенный у подножия минарета Калян. Комплекс состоит из трёх сооружений, построенных в XII — XVI веках: минарет Калян, мечеть Калян и медресе Мири Араб. Фото не всецело охватывает Ансамбль, лучше заменить на это фото (http://www.samarkandtour.com/media/photos/bukhara_panorama1.jpg) P.S. А как голосовать?
    Poyi Kalon ansambli

“O‘zbekiston 7 mo’jizasi” Aktsiyasi Nizomi

Meros.uz sayti aktsiya o‘tkazilish maydoni bo‘lib xizmat qiladi. Aktsiyada portalda ro‘yxatdan va avtorizatsiyadan o‘tgan barcha hohlovchilar ishtirok etishlari mumkin..

1 bosqich - ro‘yxatga qanday ob‘yektlarni qo‘shish haqida foydalanuvchilardan takliflar yig‘ish

O’tkazilish vaqti – 27 aprel – 1noyabr.

Avtorizatsiyadan o‘tgan foydalanuvchilar bazaga kiritilishi kerak deb o‘ylagan O‘zbekistonning hohlagan madaniy ob‘yektlari bo‘yicha ma’lumotlarni maxsus “Yangi ob‘yektni taklif qilish” shakli yordamida yuborishlari mumkin. Ma’lumotlar rasm, tavsifi va joylashgan joyi haqidagi axborotlardan iborat bo‘lishi shart..

Ob‘yekt bo‘yicha ma’lumotlar moderatsiyadan keyin bir ish kuni ichida nashr etiladi. Moderatorlar taklif qilingan ob‘yektni to‘liq axborotga ega bo‘lmagan va noto‘g‘ri to‘ldirilgan taqdirda o‘chirish huquqiga ega. Tavsifi faqat bitta tilda kiritilgan ob‘yektlar ZiyoNET tarmog‘i RM xodimlari tomonidan tarjima qilinadi (faqat asosiy ma’nosi).

2 bosqich - “O‘zbekiston hududlarida joylashgan yetti mo’jiza”ni aniqlash va ovoz berish

O’tkazilish vaqti – 1 noyabr – 4 dekabr.

Avtorizatsiyadan o‘tgan har bir foydalanuvchi hohlagan miqdordagi ob‘yektga ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘ladi - sutkasiga har biri uchun bir marta.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, “O‘zbekiston hudularida joylashgan yetti mo‘’jiza” siga kiruvchi, mamlakatning har bir hududi bo‘yicha yetakchilari aniqlangan.

“O‘zbekistonning yetti mo’jizasi” Aktsiyasining ovoz berish natijalari.

3 bosqich - "O‘zbekistonning yetti mo’jizasi”ga ovoz berish va aniqlash

O’tkazilish vaqti – 4 dekabr – 25 noyabr.

Avtorizatsiyadan o‘tgan har bir foydalanuvchi hohlagan miqdordagi ob‘yektga ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘ladi - sutkasiga har biri uchun bir marta.

Yakunlarni o’tkazish

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, eng ko‘p ovoz olgan yettita ob‘yekt rasmiy ravishda “O‘zbekistonning yetti mo’jizasi” sifatida tanlab olinadi. “O‘zbekistonning yetti mo’jizasi”sifatida tanlangan ob‘yektlar Aktsiya so‘nggida o‘tkaziladigan tantanali marosimda e’lon qilinadi..

Homiylik va hamkorlik

Tanlov tashkilotchilari Aktsiya o‘tkazilishiga oid hamkorlik masalalari va barcha takliflarni muhokama qilish yuzasidan tayyor.

Eslatma

Tanlov tashkilotchilari Nizomga o‘zgartirish kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Aloqalar:

ZiyoNET tarmog’i Resurs markazi

UZINFOCOM Kompyuter texnologiyalari va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish Markazi
ish: +998 (71) 238-4226
faks: +998 (71) 238-4248
e-mail: info@ziyonet.uz