Viza

O‘zbekiston Respublikasiga kelish uchun chet ellik fuqarolar vizaga ega bo‘lishlari zarur. Vizani olish uchun konsulxona yoki o‘zlarining davlatlaridagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonasiga murojaat qilishlari lozim.

Rossiya, Azarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston (60 kungacha), Moldova, Ukrain fuqarolari viza olishlari shart emas, lekin bir muncha vaqtdan so‘ng O‘zbekistonga kirib chiqish chet el pasporti talab qilinadi.

Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, germaniya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Malayziya, Frantsiya, Shveytsariya va Yaponiya fuqarolari uchun viza to‘ldirishning osonlashtirilgan usuli amalda. Mazkur mamlakatlarning fuqarolariga 1 oygacha xizmat qiluvchi ko‘p marotabalik vizalar beriladi, ish masalasi bilan kelganlar esa 1 yilga qadar (malayziyaliklar 6 oygacha) istiqomat qilishlari mumkin. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligi maxsus sayohat qog‘ozi yoki yuridik va jismoniy shaxslarning taklif qog‘ozi talab qilinmaydi. Vizalar ariza tashalgan kunni hisobga olmagan holda ikki ish kuni ichida rasmiylashtiriladi.

O‘zbekiston Respulikasiga kelishdan avval chet el pasportingizning muddati o‘tmaganligiga amin bo‘ling.