Zomin Xalq bog‘i

  • 03 Iyun, 2015
  •   0
  • 0
  • 16662

Joylashgan o‘rni: O‘zbekiston Respublikasi, Jizzax vioyatining Zomin tumani hududida, tuman markazidan 25 km (Jizzax shahridan 55 km) uzoqlikda
Ko‘lami: Shimoldan Janubga - 30 km, Sharqdan G‘arbga esa 17 km gacha cho‘zilgan.
Tashkil topgan vaqti: 1976 yil, 8 sentyabr.
Shtatdagi xodimlar soni: 26 ta xodim, 8 ta o‘rmonchi, 4 ta yeger.
Maydoni: 24110 gektar, jumladan o‘rmonlar - 12130 ga; o‘rmon oldi yerlari - 16783 ga, o‘rmondan uzoq hududlar- 7327 ga.
Yog‘in miqdori: yillik 700-800 mm.
Bog‘dagi eng yuqori nuqta: Shaukartau tog‘i (4030 m)
Qobur tog‘i (3925 m)
Iskandar tog‘i (3945 m)

Tavsif: Zomin Xalq bog‘ii noyob tog‘ archa ekotizimini saqlayu qolish va sog‘lomlashtirish maqsadida tashkil qilingan. U ikki hududga: sog‘lomlashtirish va himoya hududlariga ajratilgan. Turkiston tizmasining Janubi va Janubiy-Sharqidagi mustahkam tog‘ to‘siqlarining borligi va shimoliy tarafdan hududning ancha ochiqligi bog‘ning mikroiqlimiga sezilarli ta’sirini ko‘rsatadi.

Geobotanik hududlashtirish bo‘yicha archa o‘rmonlarining ikki xil tizmalari ajratib ko‘rsatiladi. Bular termofil va mikrotermofil archa tizmalaridir. Xalq bog‘i hududi tabiiy shifoxona sanalib, mazkur o‘lka aholisining sevimli dam olish maskaniga aylangan. Bog‘da ekosayohatchilar uchun yetarlicha sharoit va qulayliklar yaratilmoqda. Ushbu bog‘ning hududida 50 dan ortiq shifoboxsh giyohlar va oziq o‘simliklari o‘sadi.

 


Manba: www.zaamin.uz