Toshkent metrosi

  • 14 May, 2015
  •   0
  • 0
  • 40903

Toshkent metropoliteni - Toshkent shahar yulovchilar transporti korxonalari uyushmasi tarkibida. T.m. kurilishi 1972 y.da boshlangan, birinchi liniyasining 9 styadan iborat, uz. 11,4 km birinchi navbati ("Sobir Rahimov", "Chilonzor", "Mirzo Ulugʻbek", "Hamza", "Yoshlik", "Xalklar doʻstligi", "Paxtakor", "Mustakillik maydoni", "Markaziy xiyobon" bekatlari) 1977 y. 6 noyab.da, ikkinchi navbati ("Hamid Olimjon", "Pushkin", "Buyuk ipak yoʻli" bekatlari, uz, 4,1 km) 1980 y. 18 avg .da foydalanishga topshirildi, bekatlar soni 12 taga yetdi.

Toshkent metropolitenining umumiy uz. 4,8 km boʻlgan ikkinchi liniyasining birinchi navbati ("Alisher Navoiy", "Uzbekistan", "Kosmonavtlar", "Oybek", "Toshkent" bekatlari) 1984 y. noyab.da, ikkinchi navbati ("Mashinasozlar", "Chkalov" bekatlari, uz. 3,3 km) 1987 y. noyab.da ishga tushdi. Shu liniyaning uchinchi navbati 1989 y. noyab.da ("Gʻafur Gʻulom", "Chorsu" bekatlari, uz. 2,4 km), toʻrtinchi navbati ("Tinchlik" va "Beruniy" bekatlari, uz. 3,8 km) 1991 y. 30 aprelda ishga tushdi. Bu liniyaning umumiy uz. qariyb 14,3 km ga yetdi.

Toshkent metropolitenining shahar markazini Yunusobod turar joy massivi bilan bogʻlaydigan (umumiy uz. 14 km) uchinchi liniyasining birinchi navbati ("Mingoʻrik", "Yunus Rajabiy", "Abdulla Qodiriy", "Minor", "Bodomzor", "Habib Abdullayev" bekatlari) 2001 y. 26 oktyabrda ishga tushdi.

Toshkent metropolitenida qatnaydigan poyezdlarning oʻrtacha tezligi 39 km/soat, maksimal tezligi 65 km/soat. Toshkent metropolitenida sugkasiga oʻrtacha 270—300 ming yoʻlovchi tashiladi. Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish uchun baʼzi bekatlarda eskalatorlar oʻrnatilgan. Metrodagi "Chilonzor", "Hamza" bekatlari gumbazsimon, "Mustaqillik maydoni" yigʻmamonolit konstruksiyali kolonna tipida, boshqa bekatlar esa kolonna tipida qurilgan. Har bir bekatning badiiy meʼmorlik hamda haykaltaroshlik nuktai nazaridan bezatilishi ramziy ravishda shu bekat nomini aks etdiradi. Ularda madaniy, monumental dekorativ va amaliy sanʼatning milliy anʼanalari oʻz aksini topgan. Bekatlarga bezak berishda, asosan, OʻzRda chiqadigan qora, qizil, kulrang granitlar, turli xil marmar, keramika, stomalit, yogʻoch, oyna, turli xil metall va b. foydalanilgan.

Toshkent metropoliteni 9 balli zilzilaga bardosh beradi. Toshkent metropolitenining umumiy uz. 38,25 km, bekatlar soni 29 ta (2004). Metro qurilishi va navbatdagi yoʻl hamda bekatlarni loyihalash ishlari davom etmoqda.

Toshkent Metropoliteni - Toshkent shahrida 1977-yilda ishga tushirilgan metropoliten yoʼllari tizimi. 2008-yilgacha boʻlgan maʼlumotga koʼra, Oʻrta Osiyodagi yagona metropolitendir.


Manba: Wikipedia

Galereya